Naqshli joynamozlarda namoz o‘qish mumkinmi?

Naqshli joynamozlarda namoz o‘qish mumkinmi?

— Hozirda turli xil naqshli joynamozlar tikilyapti. Ularning orasida “Alloh” yozuvi tushirilganlari ham bor. Shu joynamozlarni sovg‘a qilish yoki unda namoz o‘qish mumkinmi?

— Avvalo, o‘sha yozuvni tikmaslik kerak. Joynamoz imkon qadar naqshsiz bo‘lishi talab qilinadi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam naqshli xamiysa (ipak yoki jundan to‘qiladigan, qalin to‘rtburchak en kiyim. Undan ustki kiyim sifatida foydalanilgan)da namoz o‘qidilar va uning naqshlariga bir nazar soldilar. Tamomlagach: “Bu ko‘ylagimni Abu Jahmga eltib beringlar va menga Abu Jahmning anbijoniya (Anbijon degan joydan keltiriladigan naqshsiz qalin en kiyim)sini olib kelinglar. Chunki u hozir meni namozimdan chalg‘itdi”, dedilar”.

Hishom ibn Urva otasidan, u Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Namozda turganimda uning naqshlariga ko‘zim tushib, meni fitnaga solib qo‘yishidan xavfsiradim”, deganlar” (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).

Shunday qilib, naqshi bor, guli bor joynamozlarni sovg‘a qilish, unda namoz o‘qish mumkin. Ammo bir xil rangdagi joynamoz ustida o‘qish afzalroqdir. Alloh yanada bilguvchiroq!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!