Namanganda o‘n ikki kishi yong‘indan qutqarildi (foto)

Namanganda o‘n ikki kishi yong‘indan qutqarildi (foto)

Namangan shahrining Yangi tong mahallasida joylashgan to‘rt qavatli uyning uchini qavatidagi xonadonlardan birida elektr simining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda xonadondagi uy jihozlari va boshqa buyumlar yonib ketgan.

Ayanchlisi yong‘in tufayli mazkur uyning to‘rtinchi qavatida yashovchi aholi vakillari o‘zlari mustaqil ravishda uylarini tark etib, ko‘chaga chiqa olmagan.

Ichki ishlar vazirligi yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish barobarida maxsus texnika yordamida yuqori qavatdagi 4 xonadonda bo‘lgan jami 12 nafar shaxsni yong‘indan qutqardi. Ular orasida 1 nafar nogiron, 1 nafar 6 oylik go‘dak, 9 nafar ayol va 1 nafar erkak bo‘lgan.

Yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan, unda fuqarolar jabrlanmagan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!