Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

Namanganda barcha fohishaxonalar, kompyuter o‘yinxonalari va spirtli ichimliklar sotish do‘konlari yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, bu haqda shahar hokimligi Daryo ga ma’lum qildi.

Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Mikrorayon hududidagi barcha fohishalik bilan shug‘ullanib ro‘yxatga tushgan xonadonlarni kirish yo‘laklariga, ko‘ngilochar maskanlarga, kompyuter o‘yinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish do‘konlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda , deyiladi xabarda.

Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar bo‘limlariga ulangan bo‘lib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tun-u kun nazoratga olinadi.

Namangan shahar hokimligi fuqarolarni birgalikda Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish uchun kurashga taklif qilmoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!