Namanganda ayol qornida tibbiy doka va rezina qo‘lqop qolib ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanida kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan ayol qornida tibbiy doka va rezina qo‘lqop qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Namangan viloyatiga yuborildi.
Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)