Nahotki? Qora bozorda dollar kursi pasaymoqda

Nahotki? Qora bozorda dollar kursi pasaymoqda

Keyingi kunlarda AQSh dollarining parallel qora bozordagi qiymati yana pasayib 8300/8350 koridorda saqlanib turibdi, deb yozmoqda Davletovuz.

Shuningdek, tijorat banklarining olish va sotish kurslari ham taxminan shu chegaralarda qolmoqda. Valyuta birjasidagi savdolar hajmi maqbullashib, savdolarda qayd etilayotgan kurslar ham quyiga tomon pasayib bormoqda.

Qayd etilishicha, moliyaviy yil yakuniga qadar qolgan davrda kurs trendlarida keskin tebranishlar yuz bermasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi bir necha haftadan buyon oshishda davom etmoqda, 4 dekabrdan dollar qiymati o‘tgan haftaga nisbatan +15.65 so‘mga qimmatlashib, 8314.85 so‘mga yetgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!