Nahotki! “Noqonuniy muhojirlar biologik bombaga o‘xshaydi!”

Nahotki! “Noqonuniy muhojirlar biologik bombaga o‘xshaydi!”

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakatdagi noqonuniy muhojirlarni biologik bomba bilan taqqosladi.

U bu haqda Kossuth radiosi efirida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Bosh vazir o‘z bayonotini noqonuniy muhojirlarning Vengriya fuqarolariga yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sababli biologik xavf tug‘dirayotganligi bilan izohlagan.

Radioyeshittirishga ko‘ra, bosh vazir noqonuniy va nazoratsiz migrasiyani "zudlik bilan tugatishga" chaqirmoqda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, har bir muhojirni "infeksiya tarqalishining potensial manbai" sifatida baholash kerak, ammo ularning hammasi ham shunday emas.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!