Nahotki? Italiyada Ronaldu bilan tenglasha oladigan futbolchi bor ekan

Nahotki? Italiyada Ronaldu bilan tenglasha oladigan futbolchi bor ekan

Xabaringiz bor, “Real” klubining sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu ayni damda “Yuventus” safiga o‘tgan. U yangi mavsumda A seriyada to‘p suradi.

Xorij nashrlari va muxlislar Krishtianuga Italiyada raqobatchi yo‘q ekanligini ta’kidlashayotgandi. Ammo Luchano Spaletti boshqacha fikrda. Uning ta’kidlashicha, “Inter” a’zosi Ivan Perishich Ronaldu bilan tenglasha oladi.

“Faqat Perishichgina jismoniy jihatdan Ronaldu bilan tenglasha oladi. U tezkor, jismonan baquvvat, shuningdek, to‘pni darvozaga aniq yo‘llay oladi va bosh bilan gol urishni ham uddalaydi”, dedi Spaletti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!