Myanma hukumati musulmonlar yashaydigan shtatda internetni uzib qo‘ydi

Myanma hukumati musulmonlar yashaydigan shtatda internetni uzib qo‘ydi

Myanmada 1 milliondan ziyod kishi hukumat qarori bilan internetdan uzib qo‘yildi, deya xabar bermoqda DW. 

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘rtta telekommunikasiya kompaniyasi Aloqa vazirligining buyrug‘iga binoan asosan musulmon rohinjalar yashaydigan Rakxayn shtatida internetni to‘sib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu holat 21 iyundan beri davom etyapti. 

Aloqa vazirligi Rakxayn shtatida «tinchlik tiklangandan keyin» yana internetga bog‘lanish mumkinligini bildirgan. 

Ma’lumki, myanmalik rohinjalar 2017 yilda genosidga uchradi, 750 ming rohinja qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tdi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!