MUTLAQO MAXFIY SUD MATERIALLARI: Hamzaning sirli o‘limi haqida...

A A A
MUTLAQO MAXFIY SUD MATERIALLARI: Hamzaning sirli o‘limi haqida...

Bugungi kunda tariximizni haqqoniy va xolis o‘rganish muhim vazifalardan biridir. Afsuski, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziyni hayot va ijod yo‘li negadir e’tibordan chetda qolmoqda. Hamza qalamkash birodarlari Abdulla Qodiriy, Fitrat va Cho‘lponlar bilan birga o‘zbek xalqi tarixining eng murakkab va eng fojiali davrlarida yashab ijod etgan.

Hamza shu fojiali davrning dastlabki qurbonlaridan biri bo‘ldi. U adabiy iste’dodi endigina olmos qirralari bilan tovlana boshlagan bir vaqtda halok etildi. Lekin Hamza qisqa umr ko‘rganiga qaramay, yangi o‘zbek adabiyotining barcha turlarida ijod qilib, shunday asarlarni yaratdiki, bu asarlarning katta va asosiy qismi yangi o‘zbek adabiyotining shakllanishi hamda rivojlanishida muhim ahamiyatga molik.

Naim Karimovning ta’kidlashicha, Hamza o‘z hayoti va ijodi davomida murakkab davrning qanday egri-bugri va past-baland so‘qmoqlarini bosib o‘tgan bo‘lmasin, uning adabiy merosida shunday asarlar borki, ularsiz yangi o‘zbek adabiyotini tasavvur etish aslo mumkin emas. Uzoq vaqt xalq va jamiyat tomonidan e’zozlanib kelgan Hamza kutilmaganda, mustaqillik davrida unutila boshlandi. Uning nomi metro bekati, teatr, ko‘cha va maktablardan olib tashlandi. Asarlari nashr etilmay qoldi...

Hamzaning ijodini o‘rganish, asarlariga xolis baho berish bugun adabiyotshunoslik oldidagi dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Saytimizda bu haqda olimlarimizning bir necha maqolalari e’lon qilindi. Qo‘yida professor Qahramon RAJABOVning “Hamza va xx asr o‘zbek adabiyoti” kitobidan olingan “Hamzaning sirli o‘limi“maqolasini hukmingizga havola etamiz.

Hamzaning sirli o‘limi

...O‘zbekistonda siyosiy qatag‘onlar boshlanishi 1929 yil mart oyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1926), taniqli shoir Hamza Hakimzoda Niyoziyning 40 yoshida Farg‘ona vodiysidagi Shohimardon ziyoratgohida fojiali o‘ldirilishi hamda uning oqibatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa ham hozirgacha bu tarixiy haqiqat haqida negadir ilmiy jamoatchilik o‘rtasida sukut saqlanadi. Holbuki, Hamzaning o‘limi bilan O‘zbekistonda siyosiy qatag‘onlar boshlandi.

Farg‘ona shahridan 50 km. uzoqlikda tog‘lar orasida joylashgan Shohimardon qishlog‘i azaldan o‘zining so‘lim va xushmanzara tabiati bilan barchani hayratga solgan. Bu yerda Muhammad payg‘ambarning jiyani va kuyovi Hazrati Alining ramziy qabri va hashamatli maqbarasi bo‘lgan. Hazrati Ali – Ali ibn Abu Tolib (599-661) xulafoi roshidin, ya’ni Haq yo‘lidan borgan to‘rtta xalifaning oxirgisi hisoblanadi. XX asr 20-yillari oxirida ham Shohimardon nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki butun Turkiston xalqlarining muqaddas ziyoratgohi edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shohimardon ziyoratgohiga har yili iyul va avgust oylarining o‘zida 15 000 nafardan ortiq ziyoratchi kelib turgan.

Hazrati Ali mozorining mutavallisi va uning maslakdoshlari ziyoratchilardan tushadigan katta daromadga egalik qilgan. Shohimardon hamda unga yaqin turli shahar va qishloqlarda o‘zbeklarning xo‘jalar toifasi yashab, ular mutavalli boshchiligida bu daromadlardan foydalanishgan. 1929 yilda ana shunday xo‘jalar (shayxlar) 300-500 nafar bo‘lib, ulardan faqat 60 nafari o‘z oilasi bilan Shohimardonda muntazam yashagan. Bu paytda mozor mutavallisi Ismoilxo‘ja Sayyidxo‘jayev bo‘lgan.

1928 yil 10 avgustda O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev, mashhur shoir Hamza va Oltiariq rayoni rahbarlari Shohimardonga kelishadi. Hamza yaqinda tuzilgan Shohimardonda bid’at va xurofotga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi komissiya tarkibiga inspektor sifatida kiritilgan edi. Hamza Shohimardondagi faoliyatini mozorni tugatish hamda xo‘jalarni tekin daromaddan mahrum etishdan boshlashga qaror qiladi. 1 oktyabr kuni Hamza Shohimardonda xo‘jalarni yig‘ib, ziyoratgohlarning hadya va sadaqasi harom ekanini mozor shayxlariga dag‘dag‘a bilan tushuntiradi. Hamza Shohimardondagi xo‘jalarni qattiq siquvga oladi hamda milisionerlar va batraklar yordamida ularga o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qiladi, ularni haqorat qiladi va kamsitadi. Bundan tashqari, yosh va qoni qaynoq Hamzaning ayollarga bo‘lgan munosabati ham aholining muayyan qismi o‘rtasida unga nisbatan norozilik uyg‘otdi.

Bu voqealardan so‘ng ulamolar 1928 yil oktyabr oyida O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga, 6 noyabrda esa OGPUning Farg‘ona okrug bo‘limiga shikoyat yo‘llashadi. So‘nggi shikoyat arizasiga Shohimardon xo‘jalaridan 12 nafar kishi imzo chekkan edi. Farg‘onadagi chekistlar arizalarni tekshirib, turli “xufiyalar va quloqlar” orqali Hamzaning haqiqatan ham Shohimardon shayxlari va xo‘jalariga nisbatan zo‘ravonlik siyosati yuritganini aniqlashgan. OGPU Farg‘ona okrug bo‘limi boshlig‘i Denisov va 1-bo‘lim boshlig‘i Balanin imzosi bilan tayyorlangan hamda OGPUning O‘rta Osiyodagi muxtor vakili Belskiyga yuborilgan, nusxalari esa O‘zbekiston GPU raisi (Samarqand) va Farg‘ona okrug partiya komitetining mas’ul kotibi Shermuhammedov nomlariga jo‘natilgan maxsus ma’lumotnomada bu haqda shunday deyiladi: “Biz o‘z vakilimizga Hakimzodani Shohimardondan chaqirish va unga mazkur ishni ehtiyotkorlik bilan olib borish to‘g‘risida ko‘rsatma berdik. Hakimzoda bizning vakilimiz bilan suhbatda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetidan topshiriq olgani va go‘yo uning tashviqotidan keyin shayxlar, o‘z xohishlariga ko‘ra, mozorni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarini aytdi.

Hakimzoda biz bilan muzokaradan so‘ng Shohimardonga borib, shayxlarni yig‘di va ularni so‘kib, shikoyat qilganlari uchun hammalarini qamattiraman, deb do‘q-po‘pisa qildi, ularni o‘zining xatti-harakatiga javoban qilgan shikoyatlarini rad etuvchi arizani yozishga majbur etdi. Shundan keyin Hakimzoda taxminan 25-80 nafar kambag‘al batraklarni yig‘ib, ular bilan birga mozorga bordi, shayxlarni u yerdan quvib, ular o‘rniga kambag‘allar, devonalar va boshqalarni joylashtirdi. O‘sha kuni OGPU Farg‘ona okrug bo‘limiga Shohimardondan barcha shayxlar nomidan bitilgan ariza bilan o‘nga yaqin shayxlar kelishdi.

Mazkur arizalar tarjimasining nusxalari ushbuga ilova qilinadi.

Bu voqealardan keyin bir guruh shayxlar va xo‘jalar Marg‘ilonda mahalliy yig‘ilish o‘tkazib, Hamza ustidan Farg‘ona okrug prokurori nomiga ariza yozishga jazm qiladilar. Hamzaning go‘yo huda-behudaga dehqonlarni yig‘ib, majlis o‘tkazaverishi ularning ekin-tikin ishlari bilan shug‘ullanishlariga xalaqit berayotgani, na sovuq va na issiq demay batraklarni ishlatib, ular yelkasini yag‘ir qilayotgani, aziz shayxlarni so‘kib, xo‘jalarning muborak avlodini behurmat va badnom qilayotgani haqida yozilgan bu arizaga yuzdan ortiq imzo to‘planadi. Tarixga “bir yuz sakkizlar arizasi” nomi bilan kirgan ish shu tarzda maydonga keladi. 1928 yil noyabrining so‘nggi kunlarida Oltiariq rayon milisiyasi shu ariza yuzasidan tekshirish o‘tkazib, uch kun davomida “shikoyatchilar” bilan suhbatlashib chiqadi. Lekin tekshirish natijasida Hamzaga qo‘yilgan ayblarning ko‘pchiligi yolg‘on bo‘lib chiqadi.

Hamza esa bunga javoban 1928 yil 11 dekabrda “Nayza” taxallusi bilan “Yangi Farg‘ona” gazetasida “Shohimardon po‘ngqarg‘alari” degan maqolani bosib chiqardi. Bu maqolada Valixon Xonxo‘ja o‘g‘li va Umarali Oxunxo‘ja o‘g‘li boshchiligidagi 18 nafar “mushtumzo‘rlar va tekinxo‘rlar”ning ishlari tilga olingan va “yuqorida nomi nomuboraklari yozilgan zoti bebarakotlarni Shohimardondan yo‘qotishni rayon firqo‘mi, ijroqo‘mi ham qo‘shchi qo‘mitasidan talab qildi”. Bizningcha, bu maqolaning rasmiy matbuotda bosilishi har ikki kuch o‘rtasidagi kurashni yana ham keskinlashtirdi.

Hamza Shohimardonda 1929 yildagi 8 mart bayramini 8 nafar ayolning paranjidan xalos etilishi bilan nishonlab, Qo‘qonda bo‘layotgan Farg‘ona okrugi ijroiya qo‘mitasining qurultoyida qatnashish uchun 10 martda bu yerdan jo‘naydi. U bir hafta davomida Shohimardonda bo‘lmadi. Bu fursatdan Hamzaning g‘animlari bo‘lgan xo‘jalar unumli foydalanishgan. Shohimardon xo‘jalarining topshirig‘i bilan G‘iyosxo‘ja Salohiddinxo‘ja o‘g‘li Oltiariq rayon milisiyasiga borib, Hamza va uning kotibi Abdulla Hotamovning xurofotga qarshi kurashda noto‘g‘ri ish olib borayotgani va bu ishlar sovet hokimiyatining xalq o‘rtasidagi obro‘sini to‘kayotgani to‘g‘risida shikoyat qildi. Milisiya boshlig‘i Yusufjon Tojiyev esa unga bu ma’lumotlarni OGPU organlariga yetkazish lozimligini maslahat qildi. 17 martda G‘iyosxo‘ja Farg‘ona bozoriga borib, u yerda Mansurxon Oxundxo‘ja o‘g‘lini uchratganida unga 18 mart kuni Hamzaning o‘ldirilajagini aytgan.

Bu fikrdan oydinlashadiki, Hamzaning o‘limi maxsus xizmat xodimlari tomonidan ataylab uyushtirilgan. Faqat shoir chekistlarning o‘qidan emas, balki Shohimardondagi xo‘jalar ig‘vosi bilan unga qarshi qo‘yilgan bir guruh g‘azablangan olomon tomonidan o‘ldirilgan.

Zamondoshlarining xotiralariga ko‘ra, Hamza qurultoy tugagandan keyin 17 mart oqshomida Shohimardonga yetib keldi. Bu yerda shoirning 5 yashar o‘g‘li Abbosxon va xotini Komilaxon Usmonova intiq bo‘lib kutishardi. Fojiali voqealar 18 mart kuni peshin atroflarida Shohimardon ziyoratgohida yuz berdi. Hamza bu paytda Shohimardon ziyoratgohiga kelib, mozorga osib tashlangan turli tug‘lar va qo‘tos dumlarini olib tashlashni buyurdi.

Arxiv fondlarida saqlanib qolgan Hamza o‘limiga oid sud materiallariga ko‘ra, bu fojia sudlanuvchilarning “ayblov xulosasi”da quyidagicha ko‘rsatilgan: “Hamza Hakimzoda mozor tomonidan “dod” degan qichqiriqlarni eshitgach, matlubot do‘koni mudiri Mullajon Abdurahimov bilan choyxonadan chiqib, yuqoriga, voqea yuz berayotgan mozorga qarab yugurdi. Shu fursat Do‘smat Shermatov ularga yaqin kelib, Abdurahimovning boshiga musht bilan urib yiqitdi-da uning miltig‘ini tortib oldi, boshqalar esa shu zahoti Hamza Hakimzodani qurshab olib, uni zinalar yonidagi yo‘lakdan mozorga qarab sudrab ketishdi. Birinchi bo‘lib shayx Rahmonaliboy Ma’murali Hamza Hakimzodaning oldiga kelib, uning boshiga yopishgan holda: “Sen mozorni buzding. Ur, buni!” deb baqirdi. Shundan keyin Aliyor qo‘rboshining sobiq bosmachilari Yodgor Nuriddinov va Bolta Yoqubov Hamza Hakimzodaga tashlandilar va uni urib, yerga yiqitdilar. Xoldor Rustamov esa uning yuziga pichoq tortib yubordi. Abdulla Toshev, Sotiboldi Rasulov, Zarif Abdumo‘minov, Sharopov, Uzoqov, Mahkam Shermatov va boshqalar Hamza Hakimzodani toshbo‘ron qilishdi... Olomon orasida hozir bo‘lgan Hidoyatxo‘ja Dadaxo‘jayev, Jalolxo‘ja Kamolxo‘jayev, Eshonxo‘ja Sayyidxo‘jayev “Ur, uni!” deb baqirishdi. Olomon Do‘smamat Shermatov bilan birgalikda Hamza Hakimzodaga tosh otib, tepishdi...”.

XX asrda o‘zbek adabiyoti va san’atining yirik arboblaridan biri ana shu tarzda “maxsus fitna” natijasida fojiali o‘ldirildi.

Biroq Hamzaning fojiali halokatini “rasmiy hujjatlar”da xolis yoritilgan deb aytish qiyin. Mahalliy o‘lkashunoslardan biri Hamza halokatining haqiqiy sabablarini uning zamondoshlari xotiralariga tayangan holda quyidagicha izohlaydi: “1929 yilning erta bahorida Hamzani ikki kishi – Bolta o‘g‘ri va Yodgor o‘g‘ri o‘ldirgan. Qotillikka maishiy asosda kelib chiqqan to‘qnashuv sabab bo‘lgan. Ammo hukumat organlari bu qotillikni musulmon ruhoniylari tomonidan uyushtirilgan fitna mahsuli tarzida xalqqa e’lon qildilar. Shohimardon va Yordon qishloqlaridan 60 kishi mana shu ssenariy asosida jinoiy javobgarlikka tortildi”.

Fojiadan keyin bir necha kun o‘tgach, Oltiariq rayon ichki ishlar bo‘limi xodimlari Shohimardonga kelib, tergov ishlarini boshlab yubordilar. Ular tomonidan 20-21 mart kunlari qotillikka aloqador deb topilgan 54 nafar xo‘jalar va batraklar hibsga olindi.

Hamzaning “qotillari” ustidan sud jarayoni Vodil qishlog‘ida (Shohimardondan 25 km. uzoqlikda) 1929 yil 2-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Tergov va sud jarayoni mahalliy va respublika gazetalarida keng yoritildi. Biroq sudda xo‘jalar ham, batraklar ham qotillikni bo‘yniga olmadilar. Faqatgina 2 nafar batrak Hamzani o‘ldirishda xo‘jalar tashviqoti bilan qatnashganliklarini e’tirof etishdi. Shunga qaramay, O‘zbekiston SSR Oliy Sudining sayyor hay’ati tomonidan 1929 yil 29 iyunda ayblanuvchilardan 9 nafari otib o‘ldirishga va mol-mulkini musodara qilishga, 4 nafarini 10 yildan ortiq qattiq qamoq jazosiga va 5 yil huquqidan mahrum qilishga, 3 nafarini 5 yil muddatga qamoq jazosi va 3 yil huquqdan mahrum qilishga, 1 kishini 3 yil muddatga qamoq jazosiga, 17 kishini ijtimoiy xavfli deb topib O‘zbekiston va Farg‘ona okrugidan surgun qilishga hukm qilindi. Sudlanganlardan 4 nafari aybsiz deb topildi. O‘lim jazosiga hukm qilinganlardan 4 nafari (Jalolxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li, Hidoyatxon Dadaxo‘ja o‘g‘li, Orifxon Oxundxo‘ja o‘g‘li, Xurram Xoliq o‘g‘li) Farg‘ona shahrida 4 iyul kuni kechqurun otib tashlandi. Otishga hukm qilinganlarning qolgan 5 nafariga jazo o‘zgartirilib, ular 10 yil qamoq jazosiga, so‘ngra 1 yil muddat huquqdan mahrum qilish bilan jazolandi. Avval otib o‘ldirishga hukm qilinib, so‘ngra o‘lim jazosi 10 yillik qamoq muddati bilan almashtirilgan Muzaffarxo‘ja Ismoilxo‘ja o‘g‘lining butun mol-mulki musodara qilinib, ulardan tushgan mablag‘ hisobiga Hamzaning rafiqasi Komilaxon Usmonovaga biryo‘la 300 rubl berildi va har oyga 25 rubl miqdorida nafaqa belgilandi, o‘g‘li Abbos esa hukumat ta’minotiga o‘tkazildi.

Shu narsa xarakterliki, sud majlisidagi hukmda 7 kishi: “Hamroqul Tursunqul o‘g‘li, Ismoilxo‘ja Sayyidxo‘ja o‘g‘li, Muzaffarjon Muhammadjon o‘g‘li, Qo‘qonboy To‘raqul o‘g‘li, Ma’rufxo‘ja Oxunxo‘ja o‘g‘li, Ibrohimxo‘ja Muhammadshohxo‘ja o‘g‘li, Tursunqori Muhammadxo‘ja o‘g‘li Jinoyat kodeksining 64-bobi bilan oqlansa ham hukmning bayonot qismida ko‘rsatilgan dalillarga asosan, Jinoyat kodeksining 38-bobiga binoan, ular O‘zbekiston SSRdagi jamoat o‘rtasida turishlari ijtimoiy xavfli topilib, ularning har qaysisi 5 yil muddatga Sovet Ittifoqining boshqa bir respublikasiga surgun qilmoqqa, ular xususida hukm ijro etilgunga qadar Farg‘ona okrug qamoqxonasida saqlamoqqa qaror qilinadi”.

Keyinchalik Hamroqul Tursunqulov (1892-1968) nomi bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Ittifoqda mashhur bo‘lgan shaxs ushbu 7 nafar kishining birinchisi sifatida tilga olinib, hukmning bayon qismida unga shunday ta’rif beriladi: “32. Hamroqul Tursunqul o‘g‘li. 38 yoshda. Tug‘ilgan va istiqomat qiladigan joyi Vodil qishlog‘i. Millati o‘zbek. Xotuni va 4 nafar farzandi bor. Kam savodli. 1918 yildan 1929 yilgacha sovet idoralarida xizmat qilgan. Firqasiz. Keyingi vaqtda idoradan tozalash tartibida xizmatdan bo‘shatilib, huquqidan ham mahrum bo‘lgan. Asli kasbi bog‘bonchilik bo‘lib, hozirga vaqtda boshqa kishilar kuchi bilan foydalanib dehqonchilik qiladur. Badavlat. Ilgari bosmachilar bilan kurashib, mukofotlar olgan bo‘lsa ham so‘nggi vaqtda bosmachi Normat Maxsumga yordam ko‘rsatishi xususida jinoyat ishi qo‘zg‘olgan”.

H.Tursunqulov haqida sovet davrida nashr etilgan “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”da uning vafotidan keyin 1978 yilda esa rasmiy ravishda quyidagi fikrlar yozilgan edi: “Kolxoz ishlab chiqarishi tashkilotchilaridan biri. Uch marta Sosialistik Mehnat Qahramoni (1948, 1951, 1957). 1945 yildan KPSS a’zosi. O‘zSSR Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi faxriy akademigi (1957-1961). Dehqon oilasida tug‘ilgan. Oktyabr revolyusiyasiga qadar batrak, ishchi. O‘zbekistonda sovet hokimiyatini o‘rnatish va uni mustahkamlashda aktiv qatnashgan. Vodil qishloq soveti raisi va Farg‘ona okrugi Revolyusion harbiy kengashi muxtor vakili (1925), Chimyon volost ijroiya komiteti raisi (1922-1923), Chimyon rayon komiteti “Qo‘shchi” soyuzi raisi (1925). Farg‘ona oblast Oltiariq rayon suv xo‘jaligida ishlagan (1927-1929). “Birlik” va “Mehnat” qishloq xo‘jalik artellari tashabbuskori (1929), Toshkentda rayon milisiya bo‘limi operativ vakili, Tojikistonda “NKVD” sovxozi direktori (1930-1935). 1935 yildan boshlab Toshkent oblast Yangiyo‘l rayonidagi “Birlik” (“Sharq yulduzi”) kolxozi raisi. KPSS XX-XXII s’ezdlari delegati. 2 – 6-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati. SSSR Oliy Soveti Prezidiumi a’zosi (1958-1962), 1946 yildan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi”. “O‘zbek sovet ensiklopediyasi. Tom 11. – Toshkent: O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1978. –B.419.)

Sovet davriga mansub har ikki rasmiy ma’lumot bir-birini to‘ldirishi hamda bir-birini inkor qilishi bilan bugungi kunda kishini hayratga soladi va turli fikrlar uyg‘otadi. Bu ma’lumotlarda H.Tursunqulov nihoyatda murakkab va ziddiyatli shaxs sifatida ko‘rinadi. Bir tomondan, u sovet hokimiyatiga sadoqat bilan xizmat qilgan, shuning uchun ham o‘z davrida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan. Ikkinchi tomondan, u Yo‘ldosh Oxunboboyevning maxsus topshirig‘i bilan Farg‘ona vodiysidagi turli qo‘rboshilar guruhlari bilan shubhali aloqalarda bo‘lib turgan. Xullas, u ikki tomonga ham “xolis” xizmat ko‘rsatgan. H.Tursunqulov 1919-1920 yillardan boshlab chekistlar bilan, ya’ni VCHK, GPU, OGPU, NKVD organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borgan. Hamzaning fojiali o‘limini uyushtirishda uning ham “xizmati” bo‘lgan. Fojiaga taalluqli sud hujjatlarida keltirilishicha, olomon Hamzani vahshiyona o‘ldirgach, eng avvalo, Shohimardondan Vodil qishlog‘iga qarab yo‘lga chiqqan va bu yerda yashovchi H.Tursunqulov oldiga ikki kishi borib, dahshatli voqea xususida unga ma’lumot bergan.

Umid qilamizki, shoirning o‘limi haqidagi butun tafsilotlar hamda bu fojiada H.Tursunqulovning o‘rni qanday bo‘lganiga keyingi tadqiqotlarda oydinlik kiritiladi.

H.Tursunqulov tomonidan keyinchalik o‘zbek va rus tillarida yozilgan turli xotiralarda Shohimardondagi voqealar va Hamzaning fojiali o‘ldirilishi, sud jarayoni va o‘zining surgun qilinishi haqida mutlaqo fikr bildirilmaydi. Bu davr voqealari, xuddi Bobur bilan Ubaydullaxon o‘rtasidagi to‘qnashuvlar “Boburnoma”da yoritilmagani singari, xotiralarda ham ochiq qoladi. Faqatgina H.Tursunqulov o‘zining “Hayotim qissasi” kitobida quyidagi fikrlarni yozib o‘tgan, xolos: “Suv xo‘jaligi sistemasida, keyinchalik Toshkentga kelib milisiyada ishlab yurgan paytlarimda bir necha yilgacha dehqonchilikdan uzoqlashishga to‘g‘ri keldi. Shu vaqtlarda Toshkentda bosmachilar yana paydo bo‘lib qoldi. Meni ularga qarshi kurashishga yubordilar. Nihoyat, bosmachilarning qoldiqlari tugatilgandan keyin, meni Tojikistondagi sovxozlardan biriga (“NKVD” sovxoziga.) direktor qilib tayinlashdi. U yerga oilam bilan ko‘chib bordim... Hosil ham yaxshi bo‘ldi. Biroq mening salomatligimning mazasi qochib qoldi. Vrachlar o‘z yurtimga qaytishimga maslahat berdi. Oilamni olib Toshkentga ko‘chib ketdim. Ammo Farg‘onaga borib, tug‘ilgan qishlog‘imda ishlashni orzu qilardim”.

Demak, H. Tursunqulov Farg‘ona vodiysidan yoki O‘zbekistondan 1929 yili surgun qilinmagan. U faqat maxsus topshiriq bilan avval Toshkentga milisiya saflariga, keyin esa Tojikistonga “bosmachilar”ga qarshi kurashga yuborilgan. Chunki uning “faoliyati” Farg‘ona vodiysida, xususan, Vodil va Shohimardonda ko‘pchilikka ma’lum edi. Keksalarning xotirlashlaricha, H. Tursunqulovni shuning uchun ham Farg‘onada ko‘pchilik yoqtirishmagan.

Xullas, Hamzaning o‘ldirilishi O‘zbekistonda ko‘plab fojiali oqibatlarni keltirib chiqardi. Shohimardon, Vodil, Marg‘ilon, Oltiariq va shu atrofda yashovchi ko‘plab ulamolar “shoirning o‘limi”ga aloqadorlikda ayblanib, 1929 yil yozida nohaq ravishda jazoga tortildi. Qatag‘on qilichi faqat Farg‘ona vodiysidagi ulamolarga qarshi qaratilmadi. Aynan 1929 yilda Buxorodagi bir guruh ulamolar va mullalar ham Hamzaning o‘ldirilishiga aloqador kishilar sifatida qamoqqa olindi va otib tashlandi. Ko‘pchilik ulamolar surgun qilindi. “Beshariq ishi”, “Karmana ishi”, “Ulamolar ishi” kabi turli-tuman siyosiy ishlar to‘qib chiqarildi hamda o‘zbek xalqining ko‘plab asl farzandlari sovet rejimi tomonidan qatag‘on qilindi.

Afsuski, O‘zbekistonda so‘nggi 100 yil ichida Hamzaga munosabat bir necha marta o‘zgardi. Sovet hokimiyati yillarida ham, mustaqillik davrida ham ayrim maddohlar va mafkurachilar shoirning nomi va ishlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, uni avvaldan tayyorlangan ma’lum bir qolipga solishdi. O‘zbek adabiyotiga jadid shoiri sifatida kirib kelgan, keyinchalik kommunistik mafkurani o‘z ixtiyori bilan qabul qilgan, biroq milliy shoir sifatida xalq qalbida va adabiyot tarixida abadiy qolgan Hamza Hakimzoda Niyoziy faoliyati ba’zan ilohiylashtirildi, ba’zan esa unutildi. Davr maddohlari goh Hamzani ulug‘lab ko‘klarga ko‘tarishsa, tuzumlar o‘zgargandan keyin aynan yana ularning o‘zi buyuk shoirni tuproqqa qorishtirdi. Siyosiy doiralarda Hamzaga bo‘lgan munosabat esa hozir ham mujmal va mavhum bo‘lib turibdi. O‘zbek xalqi o‘z farzandi Hamza xotirasi oldida qachon hurmatini bajo keltirishi ham noma’lumligicha qolmoqda.

Qahramon RAJABOV, professor

“Hamza va XX asr o‘zbek adabiyoti” kitobidan olindi

Uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar yillik tonna hisobida ko‘rsatildi

Ўзбекистон ҳам юқори ўринларда туради: 10-ўрин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Pentagon e’lon qilgan “sirli uchar jism” tarmoqda kulgiga sabab bo‘ldi

Айрим фойдаланувчилар уни “фаришта” ёки “ўзга сайёралик” деб тахмин қилган.

Zelenskiy Kiyev viloyatiga "Oreshnik" raketasi zarba berganini tasdiqladi

Украина Қуролли кучлари Ҳаво кучлари маълумотларига кўра, Россия тунда мамлакат бўйлаб 90 та ракета ва 600 та дрон учирган.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Telegraph: Rossiyaning "Oreshnik" raketasini tutib qolish vositalari mavjud emas

Британиянинг The Telegraph газетаси хабар беришича, бугунги кунда Россиянинг ўрта масофага учувчи «Орешник» баллистик ракетасини тўхтатиб қолиш имкони йўқ.

Eron armiyasi generali: "Tramp va AQSh harbiylari noqulay ahvolda qoldi"

Бу ҳақда Эрон армияси генерали Муҳсин Ризои маълум қилди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.