Muhandislik maktablari zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojiga qay darajada hissa qo‘shadi?

A A A
Muhandislik maktablari zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojiga qay darajada hissa qo‘shadi?

Istaymizmi-yo‘qmi, zamon yoshlardan kompyuter texnologiyalariga oid bilimlarni puxta egallash va sohani mukammal bilishni talab etmoqda. Xo‘sh, muhandis mutaxassislar sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishida qay darajada hissa qo‘shadi?

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z fikrlarini bildirdi.

– Muhandis mutaxassislar sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari, zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishida katalizator vazifasini bajaradi. Prezidentimiz 2022 yilgi Murojaatnomasida “...Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi. Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz”, degan edi.

Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka erishish, sanoatni yanada rivojlantirish uchun bugun texnologiyalar, ayniqsa, muhandislik sohasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, IT sohasi, texnika jabhalari va turli nou-xaular orqali Yevropa davlatlari o‘z istiqbolli dasturlari hamda nazariyalarni shakllantirish bilan birga, tajribalarini amaliyotga keng joriy qilishga erishmoqda. Natijada u mamlakatlarda muhandislik sohalarida jadal ilmiy takomillashuv kuzatilib, ular zamonaviy iqtisodiyotga tayanib, puxta rejalashtirilgan qarorlar qabul qilish uchun yetarli motivasiya va istiqbolli imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, muhandislik sohasi zamonaviy sanoat tarmoqlari uchun foydali bo‘lgan turli texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, predmetlarni ishlab chiqishda iqtisodiyotga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, kasb-hunar sifatida sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga, mahsulot tannarxini minimallashtirmoqda.

Shu bilan birga, muhandislik va texnologiya sohasidagi jadal innovasiyalar mamlakatlarning eksport salohiyatini ko‘tarib, xalqaro bozorlarga olib chiqmoqda.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda zamonaviy iqtisodiyotni texnologik yuksaltirish orqaligina bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqarish va inson kapitalida o‘sish sodir bo‘lishini ilgari surib kelmoqda.

Bugungi kundagi muhim vazifa muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash, ularga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, maktablarning yo‘nalish, dasturlarini ishlab chiqish hamda sanoat kooperasiyasini kengaytirishdan iborat.

Uzliksiz ko‘lamli islohotlarda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, sanoatni jadal rivojlantirish, ko‘plab muhandislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash hamda yangi maktablarni ommalashtirishni jadallashtirishni ko‘rsatadi.

Ayni paytda davlatimiz tomonidan ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan bo‘lib, muhandislik maktablari o‘quvchilarini xalqaro ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bilan birga, ularni zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta’minlash jarayonlari boshlangan.

Mazkur maktab o‘quvchilari kamida 1 ta xorijiy tilni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat olish mumkinligi talab etilmoqda. Ulardagi yuqori sinf o‘quvchilari bevosita korxonalarda amaliyot o‘tashi uchun ixtisosligidan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralariga biriktirilmoqda.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta’lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak»ligi bugun dolzarb va hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi belgilab berilgan. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy qilinmoqda. Xususan, kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga alohida muhandislik maktablari tashkil qilinmoqda.

Zamonaviy muhandislar tayyorlash maktablari kelajakda mamlakatimizda texnika va texnologiya sohasi jadal taraqqiy etishini asoslaydi.

Rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar solsak, muhandislar juda qisqa vaqt ichida yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga jalb etilib, insoniyat uchun kundalik zarur bo‘lgan turli mashina va vositalarni ishlab chiqadilar. Shu orqali o‘z mamlakatlari eksport aylanmasini oshirishga mislsiz hissa qo‘shadilar. Bu zamonaviy iqtisodiyotda ishlab chiqarish faoliyati rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi oshgani sari bozorda talab ham oshadi va mamlakat iqtisodiyotini yanada barqarorlashtiradi.

Muhandislik va texnologiya sohasidagi innovasiyalar zamonaviy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi katalizator bo‘lib, aholi farovonligini, ayniqsa, ularning ongini oshirishga, qo‘shimcha qiymat yaratishga ham xizmat qiladi.

Muhandislik-texnologiya sohasidagi jadal rivojlanish bunday zamonaviy mashina va uskunalardan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish uchun malakali ishchi kuchini talab qilib, ko‘proq bandlikni ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi.

Bugungi kun talabi «ixtisoslashgan maktab – oliy ta’lim muassasasi – buyurtmachi tashkilot» zanjirini yaratish kerakligini oldimizga muhim vazifa qilib qo‘yadi. Bunda oliy ta’lim muassasasida tayyorlanadigan kadrlar buyurtmachining talabidan kelib chiqib kadrlar tayyorlash kerak va shunga qarab ishlarni tashkil etishi lozim.

Shu nuqtai nazardan zamonaviy iqtisodiyotda innovasion g‘oyalarga ega, bilimli, ilmga chanqoq va intellektual kadrlarni tayyorlash, inson kapitalini rivojlantirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini hal qiluvchi omilidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

“Real” zo‘r futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Франциялик машҳур ҳимоячи Иброҳим Конате “Реал”нинг охирги йиллардаги президенти Флорентино Перес ўз лавозимини сақлаб қолган тақдирда “Қироллик клуби” футболчисига айланади.

Hojiakbar Alijonov safdan chiqdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Ҳожиакбар Алижонов машғулотлар жараёнида жароҳат олди.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

Rossiya harbiylari va targ‘ibotchilari ukrainalik raketa ishlab chiquvchilarni nishonga oldi

Ушбу компания раҳбариятининг баёнотларига кўра, улар ракеталар ишлаб чиқиш билан шуғулланади. Киев россияликларнинг бу баёнотига изоҳ бермади

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi

Киев ракеталар ва дронлар ҳужумига учраши оқибатида турар жой бинолари ва поликлиника шикастланди.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.