Mourinyo Saudiya Arabistonidan manfaatli taklif oldi

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Saudiya Arabistoni chempionatidan juda manfaatli taklif oldi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar tarqatdi.
Manbada aytilishicha, taklif qanchalik jozibador bo‘lmasin, Mourinyo «Roma»ni tark etmoqchi emas.
Mourinyo ikki mavsumdan buyon A seriyada ishlamoqda. Joriy mavsumda u rimliklarni Yevropa ligasi finaliga qadar boshlab bordi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)