Moskvada taksi 10 yoshli bolani urib yubordi

Moskvada taksi 10 yoshli bolani urib yubordi

Moskvada taksi haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 10 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda Moskva davlat yo‘l harakati inspeksiyasining telegram kanalida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, Renault rusumli avtomashinani boshqarayotgan erkak piyodalar o‘tish joyining tartibga solinmagan qismidan o‘tib ketayotgan bolani urib yuborgan.

Bolani chap oyog‘ining sinishi gumoni bilan kasalxonaga olib ketishdi. Hozirda baxtsiz hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!