Moskvada odam o‘ldirgan o‘ta xavfli residivist O‘zbekistonga qaytib, yana qotillikka qo‘l urdi

A A A
Moskvada odam o‘ldirgan o‘ta xavfli residivist O‘zbekistonga qaytib, yana qotillikka qo‘l urdi

40 yoshli, bo‘ydoq, muqaddam Rossiya Federasiyasi, Moskva oblasti, Jukovskiy shahar sudining 2011 yil 7 fevraldagi hukmiga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Jinoyat Kodeksi 105-moddasining 1-qismi, 115-moddasining 1-qismi bilan JKning 69, 71-moddalariga asosan 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilingan, jazoni 2019 yil 23 mayda to‘liq o‘tab chiqqan sudlanuvchi o‘ziga tegishli xulosa chiqarish o‘rniga takror jinoyatga qo‘l uradi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi sudyasi Akmal Mirzaxonov xabar qildi, deb yozadi "Darakchi".

Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi uyda ikki kishi bilan birga ovqatlanib, spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi. Shu kuni soat 21:00 larda mast holda bo‘la turib, arzimagan sabab tufayli sheriklaridan biri bilan janjallashib, bir-birlarini haqoratlashga o‘tadi. Shu vaqtda sherigini dastlab tanasining yuz va boshqa sohalariga urib-tepib ko‘plab jarohatlar yetkazadi. So‘ng uni qasddan o‘ldirish maqsadida qurol sifatida foydalanish uchun xonaning chiqish eshigi yonida bo‘lgan bolg‘ani qo‘lga oladi. Tan jarohatlari oqibatida yerda yotgan sherigining bosh qismiga ikkinchi sherigining ko‘z o‘ngida o‘ta shafqatsizlik bilan bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldiradi. 

Shuningdek, sudlanuvchi sherigini qasddan o‘ldirgandan so‘ng o‘sha tunda jinoiy harakatlarini davom ettiradi. Aniqrog‘i, marhumning sumkasida bo‘lgan 1 mln. 200 ming so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qiladi va hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinadi. 

“AFSUS-NADOMAT CHEKAYAPMAN”

Sudda sudlanuvchi ayblovga qisman iqrorlik bildirdi...

— 2000 yil avgustda ishlab pul topish maqsadida Moskvaga ketganman. Qasddan odam o‘ldirganim uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganman. Ozodlikka chiqqach, O‘zbekistonga deportasiya qilindim. Ishsiz bo‘lganim uchun ishlab pul topish maqsadida, 2020 yil 20 sentyabr kuni Toshkentga, ya’ni “Qo‘yliq” bozoriga bordim. 

21 sentyabrda “Qo‘yliq”dagi mardikor bozoriga ishga chiqib, shu kuni o‘zini “Akbar” (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) deb tanishtirgan A.Azizov bilan tanishdim. U menga ish taklif qilib, “Yangiobod ixtisoslashtirilgan” bozorida savdoga yordamchi bo‘lib ishlashim, kuniga 80 ming so‘mdan oyiga 2 mln. 400 ming so‘mga ish haqiga kelishdik. 

22 sentyabrdan 25 sentyabrga qadar har kuni erta tongda uyg‘onib, ikkalamiz birga uning boshqaruvidagi “Moskvich”da bozorga bordik. Savdo do‘konlarini ochib savdoni boshlab, shu kunlari kechgacha bozorda ishlab kech soat 19:00larda yana birga uyiga qaytdik. Ovqatlanib bo‘lib, dam olgani o‘zimga ajratilgan xonaga kirib uxladim. Menga vazifa sifatida do‘konni ochish, narsa buyumlarni do‘kon oldiga olib chiqib qo‘yish, u tomonidan aytilgan mahsulotini olib berib turish va oxirida yig‘ishtirib do‘konni yopib uyga qaytish edi. 

24 sentyabr soat 15:00larda N.Mirzayevni IIB xodimlari do‘konga olib kelishdi. Akbar bilan uchrashtirib, uning olib ketgan pullari evaziga do‘konida ishlab berishga kelishtirib ketishdi. Shu kuni uchchalamiz uyga kech soat 19:00 larda qaytdik. Doimgidek ovqatlanib uxladik. 

25 sentyabr kuni erta tongda uchalamiz birga bozorga ketdik. Bozorda ishlarni boshlab, savdo qildik. Shu kuni soat 11:00larda Akbar qo‘shni do‘konda savdo qiladigan odam tashlagan axlatlarini menga yig‘ishtirib olishimni aytgani uchun o‘zaro tortishib qoldik. “Xo‘p”, deb buyruqni bajardim. Biroq menga “nega boshqa do‘konlarning axlatini biz yig‘ishtiramiz, ular boshqa-ku”, deganimda Akbar “pulingni to‘laganimdan keyin nima ish bo‘lsa qilasan”, dedi. Shu bilan kech soat 19:00larda uchchalamiz uyga qaytish uchun yo‘lda ketayotganimizda, ikki sherigim do‘kondan aroq, pivo, “sigaret”, salqin ichimlik, “tushonka”, non va tovuq “gril” olishdi. Keyin uchchalamiz birga o‘tirib kechki ovqatni tanovul qildik. Akbar xontaxta atrofida men bilan qarama-qarshi, N.Mirzayev esa uning yonida o‘tirgandi. Ikkalasi ichishni boshlashdi. O‘zaro suhbat jarayonida Akbarga “bozorda noto‘g‘ri tanbeh berding. Qo‘shni do‘kon axlatini yig‘ishtirish meni vazifamga kirmaydi”, dedim. Akbar “pulini to‘laganimdan keyin xohlagan ishimni qildiraman”, deya kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qildi. Gapidan jahlim chiqib, “bunday og‘ir gapirma, jahlim yomon. Urib qolishim mumkin”, dedim. Ikkalasi xontaxta oldida o‘rnidan turdi. Shu payt Akbar menga musht ko‘tardi, biroq tegmadi. Keyin xontaxta ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, “tiqaman” deya qo‘limga oldim. “Agar pichoq tiqmasang”, deb onamni qo‘shib, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kdi. Pichoqni xontaxta ustiga qo‘yib, qo‘lim bilan yuzi va oyog‘im bilan tanasining duch kelgan joyiga urdim. Hovliga chiqib, tamaki chekib qaytib kirdim.

Oldiga kirib, gaplashmoqchi bo‘lganimda yana haqorat qilib, menga tashlandi. Itarib yuborgandi, divanga o‘ng yon-bosh tomonim bilan yiqildim. Keyin xonada turgan bolg‘ani olib, boshining orqa tomoniga 4-5 marotaba urdim. U yiqilib xushini yo‘qotdi. Uning sport sumkasidan pasportim, sumkadagi 1 mln. 200 ming so‘mni olib chiqib ketdim. Ko‘chada Akbarning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib, manzilini so‘rab, erini urganimni aytish uchun oldiga “Kadisheva” bozori tomonga bordim. Bo‘lib o‘tgan holatni aytib, katta ko‘chaga chiqib, “Qo‘yliq” bozoridagi vodiyga qatnaydigan taksilar turar joyiga ketdim. 5 daqiqa o‘tib, haydovchidan “orqamizdan mashina kuzatib kelmayaptimi?” deb so‘raganimda, “yo‘q” dedi. Keyin orqaga qaytib, marhumning uyi tomonga aylanib bordim. Shu payt orqamda mashina borligini sezib, aylanib yuraverdim. Bir soatlar o‘tgach, fuqarolik mashinasidagi IIB xodimlari to‘xtatib, IIB binosiga olib ketishdi... 

Oilaviy sharoitim og‘ir, yolg‘iz o‘g‘ilman, qaramog‘imda qari kasalmand onam bor. Sodir etgan qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman, afsus-nadomat chekayapman. 

O‘TA XAVFLI RESIDIVIST DEB TOPILDI

Sudlanuvchi JK 97-moddasi 2-qismining “j”, “l”, “r” bandlari va 169-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. JK 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qushish yuli bilan uzil-kesil 15 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi JK 34-moddasi 3-qismining “a” bandiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topildi va jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor!

Кремль мазкур давлатларда рус тилининг мақомини пасайтирувчи қонунлар қабул қилинаётганидан норозилик билдирган

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

«Manchester Yunayted» skautlari Abduqodir Husanov atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishmoqda

Бу ҳақда Scout in Eurasia саҳифаси Твиттер ижтимоий тармоғи орқали хабар тарқатди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Айни вақтда терма жамоамизга Тимур Кападзе мураббийлик қилмоқда.

SBU polkovnigi Ivan Voronich Rossiya maxsus xizmatlari agentlari tomonidan otib o‘ldirilgan

Бу ҳақда Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) раҳбари Василий Малюк маълум қилди.

Ukrainaliklar AQShni tark eta boshlagani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Франциянинг "Le Monde" нашри хабар берди.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

G‘azo sektorida kamida 650 000 nafar bola ocharchilik xavfi ostida qolmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Tramp: Ukrainaga qurol yetkazib berish NATO orqali amalga oshiriladi

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.

Rafahda insonparvarlik yordamini kutgan falastinliklarga qilingan hujumda 10 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ғазодаги тиббий манбалар маълум қилмоқда.

Samarqandda 16 yoshli qiz operasiya payti vafot etdi

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Isroil bir kechada G‘azoda 97 nafar falastinlikni o‘ldirdi

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.

Tramp Putinni Moskvaga bomba tashlash bilan tahdid qilganini aytdi

АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.

BMT: G‘azoda 50 ming homilador va emizikli ayol bir necha kundan buyon ovqatsiz qolgan

БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.

Rossiya transport vazirining o‘z joniga qasd qilishi qurilishdagi korrupsiya bilan bog‘liq — OAV

Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?

G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 15 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.

2023 yil 7 oktyabridan buyon G‘azo va G‘arbiy sohilda 17 mingdan ortiq falastinilik o‘quvchi halok bo‘ldi — Falastin ta’lim vazirligi

Фаластин Миллий маориф ва олий таълим вазирлигининг маълумотига кўра, 2023 йил 7 октябридан буён — Исроилнинг Ғазо секторига қарши ҳарбий амалиётлари бошланганидан бери — Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда 17 315 нафар ўқувчи ҳалок бўлган, яна 27 191 нафар ўқувчи яраланган.

NYT: Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 nafarga yetdi

Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.