Misr, Gresiya va Kipr Turkiyaning Suriyadagi operasiyasi borasida xavotirda

Misr, Gresiya va Kipr Turkiyaning Suriyadagi operasiyasi borasida xavotirda

Misr va Kipr prezidentlari Abdul Fattoh as-Sisi va Nikos Anastasiadis hamda Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis Qohiradagi uch tomonlama uchrashuvda Turkiyaning Suriya shimolida harbiy operasiya o‘tkazish rejasi borasida o‘z xavotirlarini bildirdi.

"Tomonlar Turkiyaning Suriya hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan noqonuniy harbiy operasiyasidan chuqur xavotirlarini bildirdilar va Suriya davlatining birligi va yaxlitligini saqlash maqsadida ish olib borish zarurligini yana bir bor ta’kidladilar. Ular shuningdek, Turkiyaning Suriyaning hududiy yaxlitligini buzish yoki mavjud demografik vaziyatga o‘zgartirish kiritish borasidagi har qanday urinishini qoralashlarini bildirdilar", deyiladi Misr prezidenti ma’muriyati bayonotida.  

Oktyabr oyi boshida Turkiya Suriya chegarasida AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd tuzilmalariga qarshi operasiya boshlanishini e’lon qildi. AQSh bu operasiyada qatnashmasligini, bundan tashqari, ehtimoliy harbiy harakatlar bo‘lib o‘tadigan hududdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini bildirdi.

O‘z navbatida, Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdad Suriya hukumati butun hududni himoya qilishini va "Suriyaning bir qarich yeri" bosib olinishini ham qabul qila olmasligini ta’kidladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!