Mirziyoyev umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi

Mirziyoyev umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi

O‘zbekiston Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 iyun kuni Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda shunday taklif bildirdi.

“Albatta, xalqimizdan Komissiyaga kelib tushgan barcha muhim va dolzarb takliflarni bugun Sizlar bilan batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Men ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdim, xolos.

Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev so‘zida davom etib, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitusiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega ekanini ta’kidlab, shunday dedi:

“Lekin, konstitusiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitusiyasi bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Bu “Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyilga to‘la mos keladi.

Shunda har bir vatandoshimiz “Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasi – mening Konstitusiyam” deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!