«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov: “Audioyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagunicha ushbu masalada fikr bildirishni to‘g‘ri deb hisoblamaymiz”

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov: “Audioyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagunicha ushbu masalada fikr bildirishni to‘g‘ri deb hisoblamaymiz”

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirovning fikriga ko‘ra, audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmaguncha ushbu vaziyatga izoh berish noto‘g‘ri.

«Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan audioyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagunicha ushbu masalada fikr bildirishni to‘g‘ri deb hisoblamaymiz.

Mavzu bo‘yicha birinchi bo‘lib izoh yoki bayonot berish Jahongir Ortiqxo‘jayev va xabarning muallifiga tegishlidir.

Shu o‘rinda jamiyat axborot iste’mol madaniyatining piramida shaklidagi uchta darajasi haqida aytib o‘tmoqchiman:

Birinchi, eng quyi va eng ko‘p qatlam - axborotni eshitadi va shundayligicha iste’mol qiladi;

Ikkinchi, o‘rta-o‘zgaruvchan, kamayishga moyil qatlam - axborotni eshitadi, o‘zini darajasida tahlil qiladi, munosabat bildirmaydi;

Uchinchi, eng kam, jamiyatni siyosiy tafakkurini ko‘rsatadigan qatlam - axborotni eshitadi, tekshirib-tahlil qiladi va munosabat bildiradi.

Jamiyatning mafkuraviy va siyosiy immunitet darajasi uchinchi qatlamning darajasiga tengdir», — deb yozadi Alisher Qodirov o‘z Facebook sahifasida.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi. Unga «Adolat» sosial-demokratik partiyasi va XDP ushbu audiyozuvga munosabat bildirdi.

Keyinroq AOKA audioyozuv bo‘yicha o‘rganish olib borilayotgani hamda o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!