Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir

Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir

2024 yil 18 mart kuni Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti «Moliya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Kafedra haftaligi» doirasida «Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir» tadbiri tashkil qilindi.

Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir

Navro‘z bayrami arafasidagi tadbirda kafedra o‘qituvchisi U.O‘roqov, I.Jumaniyozov, M.Sharapova, SH. Fozilchayev, Y.Axunova, M.Abdullayeva, N.Anvarov tomonidan universitet yotoqxonasida turuvchi talabalar o‘rtasida shaxmat, shashka va boshqa milliy sport turlari bo‘yicha kichik musobaqa tashkil etildi.

Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir

Milliy sport o‘yinlari – umrboqiydir

Musobaqalar yakunida kurash va dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Shuhrat Arslonov bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. U yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sog‘lom hayot kechirishlarini ta’minlash bo‘yicha o‘zining amaliy maslahatlarini berdi.

Madinabonu Abdullayeva,
Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Moliya kafedrasi o‘qituvchisi, ilmiy tadqiqotchi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!