Milliy kutubxona 14,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqda

Milliy kutubxona 14,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqda

Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, delegasiya a’zolari 12 iyul kuni Seulda joylashgan, 6,5 million (shundan 844 mingtasi xorijiy nashrlar) bosma va elektron kitob fondiga ega Koreya milliy kutubxonasi hamda Yonsey universitetining Markaziy kutubxonasi faoliyati, u yerda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni L. Tangriyev va Janubiy Koreya milliy kutubxonasining Elektron kutubxonasi direktori Hyung Ho Li o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya Eksimbanki tomonidan 14,6 million dollarga moliyalashtirilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida amalga oshirilayotgan «Milliy umuta’lim kutubxona» loyihasi bu davlatning elektron kutubxona tajribasi asosida yaratilayotgani, bu borada koreyalik mutaxassislarning ko‘magini alohida ta’kidlab, «Koreyaga nigoh» loyihasini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashishni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini bildirildi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!