Meteorolog: Sardobada falokat yuz bergan vaqtda kuchli yomg‘ir ham, kuchli shamol ham bo‘lmagan!

A A A
Meteorolog: Sardobada falokat yuz bergan vaqtda kuchli yomg‘ir ham, kuchli shamol ham bo‘lmagan!

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onida 1 may soat 5:55 da buzilish yuz berib, uning atrofidagi hududda vayronkor suv toshqini kuzatildi. Shu kuni «O‘zbekiston 24» telekanali ismi oshkor etilmagan mutaxassislarga tayanib, falokatga kechasi kuzatilgan kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov bu taxminni tasdiqlab, falokat «kuchli yomg‘ir va shamol natijasida vujudga kelgan to‘lqin loyihaviy rejadan ortiq bo‘lishi natijasida kelib chiqqan»ini, bu texnogen hodisa ekanini ta’kidlagan edi.

Ayni vaqtda o‘zbekistonlik meteorologlarning kuzatuviga, shuningdek, ob-havo ma’lumotlari tahliliga ixtisoslashgan ommabop onlayn-xizmatlar axborotiga ko‘ra, nafaqat falokat yuz bergan oqshomda, balki undan avvalgi bir necha kun davomida ham Sardoba suv ombori joylashgan hududda uning suv sig‘imiga keskin ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan miqdorda yog‘ingarchilik kuzatilmagan, shamol tezligi esa faqat uch sutka avval soniyasiga 15 metrdan yuqori bo‘lgan.

Meteorolog: Sardobada falokat yuz bergan vaqtda kuchli yomg‘ir ham, kuchli shamol ham bo‘lmagan!

Sardoba suv ombori joylashgan hudud uchun Meteoblue ob-havo xizmatidan olingan gidrometeorologik ma’lumotlar. Harorat, yog‘ingarchilik va shamol tezligi ko‘rsatilgan

Namangan Gidrometeorologiya bo‘limi rahbari Erkin Abdulahatovning Sardoba suv omboriga eng yaqin (27 kilometr) joylashgan Yangiyer meteorologik kuzatuv stansiyasi ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, hududda 28 aprel kuni yog‘ingarchilik kuzatilmagan, shamolning tezligi soniyasiga 17 metrgacha yetgan. 29 aprel kuni soat 8:00 dan 30 aprel soat 8:00 gacha bo‘lgan oraliqda hududga 45 millimetr yomg‘ir yoqqan, shamolning tezligi soniyasiga 12 metrgacha kuchaygan. 30 aprel kuni soat 8:00 dan 1 may soat 8:00 gacha bo‘lgan oraliqda (falokat 1 may soat 5:55 da yuz bergan) yog‘ingarchilik kuzatilmagan, shamolning tezligi eng kuchaygan vaqtda soniyasiga 8 metrga yetgan, falokatdan oldingi 15 soat davomida esa tezlik soniyasiga 2 metrdan oshmagan.

Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, Yangiyer stansiyasidagi kuzatuvlar tarixida shamol tezligi bo‘yicha rekord soniyasiga 45 metrni tashkil etadi, biroq falokat arafasida bunday tezlikda shamol kuzatilmagan. «Voqeadan uch sutka oldin shamolning maksimum tezligi soniyasiga 17 metrni tashkil etishi o‘sha paytda suvni to‘lqinlantirgan bo‘lishi mumkin. Ammo voqelik paytida shamolning tezligi soniyasiga 2 metr ham bo‘lmagan», — deydi meteorolog-sinoptik.

Sinoptikning qayd etishicha, 29 aprel kuni kuzatilgan 45 millimetrlik yog‘in miqdori, haqiqatan ham, ko‘p. Ammo bu maydoni 60 kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan suv ombori yuzasiga «bor-yo‘g‘i 2,7 million metr kub suv tushganini anglatadi» (bu umumiy hajmi 900 million metr kub suvni sig‘dira oladigan suv ombori uchun 0,3 foizlik qiymat). Uning qo‘shimcha qilishicha, Sardoba suv omborining suv olish manbasi kanal hisoblanadi — u soy yoki sel o‘zanlaridan suv olmaydi; kanaldagi suvni «doim jilovlasa, boshqarsa bo‘ladi», shu bois, meteorolog-sinoptikning ta’kidlashicha, tashqi muhitda paydo bo‘lgan suv oqimi (sel yoki suv toshqini) suv omboriga xavf tug‘dirmaydi.

«O‘zgidromet» markazi tomonidan Sardobadagi falokat arafasida hududda kuzatilgan ob-havo sharoitiga daxldor ma’lumotlarning e’lon qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi suv toshqinidan so‘ng uning atrofida joylashgan aholi punktlaridan 70 mingga yaqin aholi Sirdaryo viloyatining boshqa va Jizzax viloyati hududlariga evakuasiya qilingan (xavf bartaraf bo‘lgani bois, aholi asta-sekin uylariga qaytmoqda); hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan.

Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga etib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, «sharoit yaxshilanmagunicha, hech bir rahbar hech qayerga ketmasligi»ni ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Mask Eron oliy rahbariga savol berdi: «Amerika — katta shaytonmi yoki eng katta shayton?»

Илон Маск Эрон олий раҳбари Али Хоманаийнинг ижтимоий тармоқдаги постига шама билан изоҳ қолдирди.

Ommaviy havo hujumi: F-16 uchuvchisi halok bo‘ldi

Ҳужум оқибатларидан фотосуратлар ва расмий маълумотлар маҳаллий ҳокимиятлар томонидан эълон қилинган.

Putin Ukraina bo‘yicha muhim bayonot berdi

Россия президенти Владимир Путин Украина билан ўтказилаётган музокараларда меморандумлар қарама-қарши бўлса-да, томонлар «яқинлашиш йўлларини излаш» учун мулоқотни давом эттиришга тайёр эканини маълум қилди.

NATOga qarshi sharqona javob: Eron SHHT sammitida

Эрон мудофаа вазири Азиз Носирзода Исроил билан кечган 12 кунлик қуролли тўқнашувдан сўнг биринчи бор хорижга сафар қилди — у Хитойдаги ШҲТ (Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти) хавфсизлик саммитида иштирок этди.

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.