Messining taqdiri yaqin soatlarda hal bo‘ladi

Messining taqdiri yaqin soatlarda hal bo‘ladi

Yaqinda «PSJ»ni tark etgan hujumchi Lionel Messi yaqin kunlarda yangi klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Ijtimoiy tarmoq insayderi Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni delegasiyasi kelishuvni yakunlash uchun allaqachon Parijga yetib borgan. Tomonlar transferni 48 soat ichida yopishlari mumkin.

Avvalroq matbuotda “Al-Hilol” argentinalik 35 yoshli hujumchi uchun yangi klubga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Turli manbalarga ko‘ra, Leoning Saudiya klubidagi maoshi yiliga 400 dan 600 million yevrogacha bo‘lishi mumkin.

Messi o‘zining so‘nggi ikki mavsumini "PSJ"da o‘tkazdi. Kuni kecha hujumchi klubni erkin agent sifatida tark etayotgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!