Messining «instagram»dagi obunachilari soni 444 millionga yetdi

Messining «instagram»dagi obunachilari soni 444 millionga yetdi

Argentina milliy jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messining «instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilari sonini 444 million nafarga yetdi.

7 karra «Oltin to‘p» sohibi sanalmish 35 yoshli jahon chempioni 2013 yilning iyun oyidan buyon ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifasiga ega. Hozirda Messining o‘zi 290 nafar foydalanuvchiga obuna bo‘lgan. U hozirga qadar 1013ta post e’lon qilgan.

Qayd etish joiz, Leo «instagram»da ikkinchi raqamli eng ko‘p obunachiga ega shaxs sanaladi. Undan oldinda Krishtianu Ronaldu (564 million) bor.

Ma’lumot uchun, Messini «feysbuk»da kuzatuvchilari 114 million nafarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!