Messi “Yuventus” futbolchisi bilan birga o‘ynamoqchi

Messi “Yuventus” futbolchisi bilan birga o‘ynamoqchi

“Barselona” hamon yozda tarkibni kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi Messi bilan hamfikr. Argentinalik futbolchi esa klubiga o‘ziga ma’qul kelgan futbolchilarni tavsiya qilmoqda.

Ispan nashrlariga qaraganda, Messi “Yuventus” futbolchisi Miralem Pyanichning sotib olinishini istamoqda. U bosniyalik futbolchi bilan bir jamoada to‘p surmoqchi.

Pyanichning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” nashriga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 65 mln yevroga teng.

Manba: soccernews.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!