Messi arablardan dahshatli maosh so‘radi. U Ronalduni ortda qoldirmoqchi

Messi arablardan dahshatli maosh so‘radi. U Ronalduni ortda qoldirmoqchi

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoni chempionatiga qaysi shart bilan borishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

El Chiringuito jurnalisti Xayme Astraynning yozishicha, argentinalik hujumchi “An-Nasr” futbolchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘proq maosh olsa, Saudiya klubiga o‘tishi mumkin.

Futbolchining otasi Xorxe Messi “Al-Hilol”dan ikki yillik maoshi 600 million yevro bo‘lgan shartnoma talab qildi. Messiga yaqin bo‘lganlarning fikricha, yuqori maosh argentinalikning portugaliyalikdan ikki yosh kichik ekanligi bilan to‘liq oqlanadi.

Ronalduning “An-Nasr”dagi umumiy daromadi yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq "PSJ" futbolchisi yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayotgani haqida xabar berilgandi.

35 yoshli argentinalikning parijliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda u "PSJ" safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!