Merkel Rossiyadan Navalniyni zaharlaganlarni javobgarlikka tortishni so‘radi

Merkel Rossiyadan Navalniyni zaharlaganlarni javobgarlikka tortishni so‘radi

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumatidan Aleksey Navalniyni zaharlaganlarni topib, ularni javobgarlikka tortishni so‘radi.

Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Navalniy o‘tgan haftada og‘ir ahvolga tushgan va Sibirdagi kasalxonaga yotqizilgandi. U davolanish uchun 22 avgust kuni Germaniyaga olib ketildi.

Rus hukumati Navalniyning bu holatga tushganiga nima sabab bo‘lgani noma’lum ekanligi, dastlabki tekshiruvlarning natijasi u zaharlanmaganini ko‘rsatganini ma’lum qilgandi.

Lekin, Berlindagi Navalniyni davolayotgan nemis shifokorlari 24 avgustda Navalniydan olingan tahlillar zaharlanish belgilarini ko‘rsatganini ta’kidlashdi.

“Navalniy Rossiyadagi taniqli siyosiy muxolif bo‘lgani uchun rus hukumatidan ushbu jinoyatni oxirgi detallarigacha o‘rganish va bu tekshiruvlarni batamom shaffof bo‘lishi so‘raladi. Bu ishni amaga oshirganlar aniqlanishi va javobgarlikka tortilishi shart” deydi Merkel o‘zining bayonotida.

Berlindagi Charite kasalxonasi shifokorlari Navalniyni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishdi va uni zaharlanganini tasdiqlashdi. Ammo, rossiyalik tibbiyot mutaxassislari nemis shifokorlarining bu tashxislariga qarshi chiqishdi va u o‘tgan haftada Omsk kasalxonasiga olib kelnganda unda zaharli moddalar aniqlanmaganini ta’kidlashgan.

Aleksey Navalniy o‘n yildan ko‘proq muddatdan beri amaldagi hukumatni tanqid qiladi. U korrupsiyaga qarshi namoyishlar uyushtirgani uchun bir necha marotaba hibsga olingan. Shuningdek, u 2018 yildan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan ham mahrum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!