“Mercedes-Benz” Xitoydan qariyb 360 mingta avtomobilini qaytarib oladi

“Mercedes-Benz” Xitoydan qariyb 360 mingta avtomobilini qaytarib oladi

Avtomobillarning qaytarib olinishiga ishonchsiz saqlagich, akkumulyatordan oqayotgan elektrolitlar va haydash paytida dvigatellar to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.

“Mercedes-Benz” Xitoydan 359 299ta avtomobilini chaqirib olish bo‘yicha katta kampaniya e’lon qilgan.

2023-yil 5-iyuldan 2-noyabrgacha ishlab chiqarilgan 60 470 dona “Mercedes-Benz GLE” va “GLS” avtomobillarini qaytarib olish rejalashtirilgan.

Ushbu avtomobillarda, ma’lum sharoitlarda, haydovchi tormoz pedalini yengil bosib, avtomatik uzatmalar qutisi 7-dan 6-bosqichga o‘tganda, mashina haydash paytida to‘xtab qolishi mumkin.

Shuningdek, 2010-yil 2-dekabrdan 2014-yil 31-oktabrgacha ishlab chiqarilgan “Mercedes-Benz C” va “E” klasslari, shuningdek, “Mercedes-Benz GLK”da 12 voltli akkumulyator bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, undan elektrolitlar oqadi.

Bu dvigatel bo‘linmasida qisqa tutashuv va yong‘inga olib kelishi mumkin. Mazkur modellardagi avtomobillardan jami 204 255 ta avtomobil qaytarib olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!