"Melisa"ni ochiqcha tahqirlagan fuqaro 10 oyga qamaldi

"Melisa"ni ochiqcha tahqirlagan fuqaro 10 oyga qamaldi

Ichki ishlar xodimini ochiqcha haqoratlagan fuqaro Mironshoh Yodgorov 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Voqea 7 avgust kuni tush paytida Buxoro shahrining “Markaziy bozor” chorrahasida bo‘lgan. Safdor Z.Jo‘rayev gavjum chorrahada yo‘l belgisiga amal qilmasdan harakatlangan «Neksiya» avtomashinani to‘xtatib, sodir etilgan huquqbuzarlik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirgan. Haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tortib olib, mashinasini haydab ketib qolgan. Oradan 5 daqiqa o‘tgach, qaytib kelib, kuch ishlatib, xodimni qo‘lidan tortib, yo‘lning narigi tomoniga olib o‘tgan (suratda).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!