Meizu 16X: skanerli displeyga ega arzon flagman videotavsifini tomosha qiling!

Meizu 16X: skanerli displeyga ega arzon flagman videotavsifini tomosha qiling!

O‘zbekistonda ham o‘z mahsulotlarini rasman savdoga qo‘ygan Meizu kompaniyasi yaqinda o‘zining yangi smartfonini namoyish etgandi. Xitoyning o‘zida bu model Meizu 16X deb nomlangan bo‘lsa, ayrim mamlakatlarga, jumladan, Rossiyaga shunchaki Meizu 16 nomi ostida taqdim qilinmoqda.

Ushbu smartfon 20 oktyabrda bozorga chiqarilishi ma’lum. Ammo ayrim texnoblogerlar, shu yo‘nalishdagi saytlar allaqachon Meizu 16X namunalarini olib, tavsiflar tayyorlashga kirishganlar.

Bugun shulardan biri – Rozetked resursi tayyorlagan, rus tilidagi videotavsifni e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling:

Ta’kidlash kerakki, Meizu 16X modeli hozircha O‘zbekiston bozoriga ham yetib kelgani yo‘q. Lekin ushbu kompaniyaning boshqa rusumlardagi smartfonlarini internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!