"Mehnat va ijro intizomi" faoliyatimizda ustuvor bo‘lmog‘i lozim

A A A
"Mehnat va ijro intizomi" faoliyatimizda ustuvor bo‘lmog‘i lozim

Ma’lumki, Prezidentimiz SH.Mirziyoyev o‘z rahbarligining ilk kunlaridanoq yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab berar ekan, asosiy e’tiborni ta’lim-tarbiya tizimiga qaratib, bu tizim majburiy mehnatdan xalos qilinishi dolzarb ekanligiga urg‘u berdi.

Sir emaski o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘z ishi, o‘qishi bilan mashg‘ul bo‘lishi, o‘z navtida o‘qituvchi, murabbiylarning nafaqat moddiy manfaatdorligi, balki ustoz sifatida qadri va mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.

Biroq, olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan ta’lim tizimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yayotgan rahbar kadrlar uchrayotganligi achinarli albatta.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudida ko‘rilgan ish misolida.

Da’vogar A.Saidov /ismi sharifi o‘zgartirilgan/ viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2019 yil 19 dekabrdagi 108-k sonli buyrug‘i bilan tuman bolalar – o‘smirlar sport maktabida 2019 yil 19 dekabrdan 3 oy sinov muddat bilan lavozimga tayinlangan bo‘lib, taraflar o‘rtasida shu kuni 23-sonli mehnat shartnomasi rasmiylashtirilgan.

Buyruqqa xodimning arizasi, mehnat shartnomasi, vazirlikning 2019 yil 16 dekabrdagi rozilik xati asos qilib olingan.

A.Saidov maktab xodimlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilib, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi hamda o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun 2020 yil 19 iyundagi 59-k sonli buyruq bilan  MK 181-moddasining 1-bandiga asosan hayfsan, shuningdek 2020 yil  25 – 26 iyun kunlari ishchi guruhi tomonidan makatabda me’yoriy hujjatlarni yuritishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun                        MK 181-moddasining 1-qism, 2-bandiga asosan o‘rtacha ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida jarima intizomiy jazolari tayinlangan.

Mazkur intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruqlardan norozi bo‘lib, da’vogar A.Saidov sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi MKning 181-moddasiga muvofiq, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.

Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish /100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari/.

Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llanish taqiqlanadi.

Mazkur Kodeks 182-moddasi 1 – 5 qismlariga ko‘ra, intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi /82-modda/.

Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.

Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.

Intizomiy jazo qo‘llashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinadi.

Sud muhokamasida aniqlanishicha, A.Saidov mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘ziga yuklatilgan vazifani lozim darajada bajarmaganligi, 2020 yil 17 iyun kuni soat 1510 larda sport maktabi telegramm kanali orqali tarqalgan xabarga asosan 2020 yil 18 iyun kuni soat 900 dan 1130 ga qadar 15 nafar murabbiylarni asosiy bazada, 27 nafar murabbiylarni 1 bazada obodonlashtirish ishlariga jalb qilganligi holati bo‘yicha mehnat inspeksiyasining 2020 yil 19 iyundagi 396-sonli qarori bilan MJtKning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.

A.Saidov 2020 yil 18 iyunda mashg‘ulot tashkil etish oldidan o‘quv bazasini begona o‘tlardan tozalash uchun ishchi xodimlar va murabbiylarni o‘zlariga tegishli hududda sport maydonlarini obodonlashtirish uchun chaqirilganligi, hamma xodimlar ertalab soat 900 dan 1100 gacha o‘ziga tegishli joyini tozalab ketishganligi, murabbiylar orasida homiladorlar chiqarilmaganligi, ushbu holat boshqa takrorlanmasligi to‘g‘risida 2020 yil 19 iyunda tushuntirish xati yozgan.

Ushbu asoslarda boshqarma boshlig‘i tomonidan A.Saidovga 2020 yil 19 iyunda 59-k sonli buyruq bilan MK 181-moddasiga asosan “hafysan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, 2020 yil 20 iyunda xodim tilxat asosida buyruq bilan tanishib, bir nusxa olgan.

2020 yil 25 – 26 iyun kunlari boshqarma ishchi guruhi tomonidan sport maktab murabbiylari murojaatiga asosan tayyorlangan ma’lumotnomadan ko‘rinishicha, sport maktabi tomonidan mehnat birjasiga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida hisobotlar noto‘g‘ri berib kelinib, mavjud ish o‘rinlari yashirilganligi, 2020 yil yanvar – fevral oylari uchun berilgan mukofotlar bo‘yicha tayyorlangan yig‘ilish bayonlari imzolanmaganligi, xodimlarning ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari bo‘yicha direktor nomiga yozilgan 3 – 4 ta tushuntirish xatlaridan bittasi rasmiylashtirilganligi, ayrim murabbiylarga hozirga qadar ishga qabul qilish buyruqlari rasmiylashtirilmaganligi, sport maktabining mashg‘ulotlar jadvali VM qarori talablari asosida ishlab chiqilmaganligi, murabbiylar tabeli noto‘g‘ri yuritilganligi, sportdagi natijalari va ish soatlari o‘zgargan murabbiylar uchun qo‘shimcha tarifikasiyalar ishlab chiqilmaganligi, maktab sportchilariga razryad berish tartibi yo‘lga qo‘yilmaganligi, sportchilarning aksariyati tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi, rag‘batlantirish pullari ortiqcha to‘langanligi, 2020 yilda buyruq mavjud emasligi, direktor o‘rinbosariga moddiy javobgarlik buyrug‘i tayyorlanmaganligi, moddiy tovar boyliklarni yuritish kitobi yuritilmaganligi, ayrim xodimlarga qisqartirilgan soatdan ham ko‘proq soatlar qo‘shilganligi, sport makbtabida kadrlar faoliyatiga doir buyruqlarda qonun va normativ hujjatlar normalariga rioya etilmaganligi aniqlanganligi qayd qilingan va ma’lumotnoma bilan direktor A.Saidov imzo asosida tanishtirilgan.

A.Saidov holat yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni 3 kunda o‘z o‘rniga qo‘yishi to‘g‘risida 2020 yil 26 iyunda tushuntirish xati yozgan.

O‘rganish natijalari muhokamasi 2020 yil 30 iyunda  o‘tkazilib, direktor A.Saidovga navbatdagi intizomiy jazo chorasi ko‘rish bo‘yicha taklif kiritilgan, direktor /A.Saidov/ga ayrim xodimlarga ogohlantirish va intizomiy jazo choralari ko‘rish vazifasi yuklatilishi bo‘yicha qaror qilingan.

Ushbu asoslarda boshqarma boshlig‘i tomonidan A.Saidovga 2020 yil 2 iyulda 69-k sonli buyruq bilan MK 181-moddasiga asosan “o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, 2020 yil 30 iyulda xodimning buyruq bilan tanishganligi, biroq tilxat yozib berishdan bosh tortganligi bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan.

Sud da’vogarning vajlari bilan bilan umuman kelishmaydi. Chunki, A.Saidovga qo‘llanilgan 2 ta intizomiy jazo choralari ham MK va boshqarma lokal hujjati hisoblangan – Viloyat jismoniy tarbiya va sport mehnat jamoasining 2018 yil 17 apreldagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan “Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda kasaba uyushmasi kengashi o‘rtasida 2018 – 2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi” 65-bandi /ya’ni, mehnat intizomini buzganlik uchun intizomiy jazo choralarini qo‘llashga belgilangan muddatlar /MK 182-moddasi/ o‘tib ketgandan keyin yo‘l qo‘yilmaydi/ qoidalariga asosan o‘z muddatida qo‘llanilgan bo‘lib, boshqarma kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda boshqarma boshlig‘i tomonidan 2018 yil 23 iyulda tasdiqlangan “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ning 53-bandi /mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: - hayfsan; - o‘rtacha oylik ish haqining ko‘pi bilan o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima; - mehnat shartnomasini bekor qilish/ qoidalarigi to‘liq rioya qilingan holda, qoidalarning 54-bandida /jazo chorasi qo‘llanishiga qadar xodimga yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik sabablari va holatini yozma ravishda tushuntirish imkoniyati beriladi/ qoidalari asosida tegishli tushuntirishlar olinib, aniqlangan faktik va maqbul dalillar asosida qo‘llanilgan.

Yuqorida keltirilgan holatlardan ko‘rinadiki, ish beruvchi tomonidan intizomiiy jazo qo‘llashda da’vogar A.Saidov tomonidan sodir etlgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, uning oldingi ishi va xulq-atvori to‘liq hisobga olingan.

Shuningdek, xodimning ish faoliyati va xulq atvorini yuqoridagi holatlardan tashqari tuman hokimi ning 2020 yil 5 noyabrda A.Saidovning hatti-harakatlaridan norozilik murojaatlari ko‘payganligi sababli unga hokimlik ishonchsizlik bildirishini ma’lum qilib boshqarma boshlig‘iga 08/32-sonli murojaatidan ham ko‘rish mumkin.

Demak, ish holatlari va qonun talablaridan kelib chiqib, sud 2020 yil 16 dekabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogar A.Saidovning javobgar Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga nisbatan o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash va intizomiiy jazo qo‘llash haqidagi buyruqlarni bekor qilish to‘g‘risidagi da’voning rad etilishi qonuniylik va adolat tamoyillariga to‘la mos keladi deb hisobladi.

Xulosa o‘rnida.  O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 8-moddasining 3 – 6 qismlariga ko‘ra, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi.

Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar esa — ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar yetkazishga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste’mol qilishga, shuningdek huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga qarashli huquqni himoya qilishni rad etishi mumkin.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining raisi Yodgorov Firuzjon Raximovich

Buxoro viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi                    

                                                                

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.