Medvedev rus klassik asarlarining eng yaxshi teatr talqini uchun mukofot ta’sis etdi

Medvedev rus klassik asarlarining eng yaxshi teatr talqini uchun mukofot ta’sis etdi

Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev rus klassik adabiyoti namunalarining eng yaxshi teatr talqini uchun mukofot ta’sis etdi.

Medvedev bugun mukofotni ta’sis etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Hujjat Rossiya vazirlar mahkamasining saytida e’lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, har yili eng yaxshi teatr postanovkasi uchun uchta mukofot ajratiladi, g‘oliblarga sovg‘a, diplom va 3 mln rubl pul beriladi.

“Mukofot doimiy namoyish qilinadigan truppaga ega, bolalar, o‘smirlar va yoshlar uchun mo‘ljallangan teatrlar repertuaridagi eng sara asarlarga beriladi” deyiladi qaror sharhida.

Viloyatlardan tushgan talabnomalar ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!