Mbappe Makron taklifiga binoan Yelisey saroyiga keldi (foto)

Mbappe Makron taklifiga binoan Yelisey saroyiga keldi (foto)

Kilian Mbappe Fransiya prezidenti taklifiga binoan Yelisey saroyiga keldi.

"PSJ" hujumchisi Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning rasmiy tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan kechki ziyofatda ishtirok etadi. Undan 10 daqiqa oldin Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy yetib kelgandi.

RMC Sport'ning qayd etishicha, 25 yoshli futbolchi uchrashuvga taklif etilgan yagona sportchi bo‘lgan. Sport olamining boshqa vakillari Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Filipp Diallo, 2024 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange va Fransiya Professional futbol ligasi rahbari Vensan Labryun ham bor.

Mbappe Makron taklifiga binoan Yelisey saroyiga keldi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!