Mayk Tayson va Roy Jons jang sanasi o‘zgardi. Taklif kimdan chiqdi?

Mayk Tayson va Roy Jons jang sanasi o‘zgardi. Taklif kimdan chiqdi?

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempionlari amerikalik Mayk Tayson bilan kichik Roy Jons o‘rtasidagi bellashuv 28 noyabrga belgilandi, deb yozadi The Ring jurnali.

Avval ESPN telekanali mazkur jangni 12 sentyabrda bo‘lib o‘tadi, deb e’lon qilgandi. The Ring jurnalining xabariga ko‘ra, jang Tayson jamoasi tashabbusi bilan orqaga surilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad bellashuvni o‘tkazishdan olinadigan daromadni oshirish. Yaqinda tomonlar uchrashib olgan va Jons ham ushbu taklifni ma’qullagan.

Jang ko‘rgazmali bo‘ladi, bokschilar sakkiz raund jang qiladi. Musobaqa Karsonda (Kaliforniya shtati) bo‘lib o‘tadi.

Tayson hozir 54 yoshda, u jami 58 ta jang o‘tkazgan, 50 marta g‘alabaga erishgan (44 tasi nokaut bilan).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!