Markaziy bankning yangi qarori “dollarlashuv” darajasini pasaytirishga qaratildi

Markaziy bankning yangi qarori “dollarlashuv” darajasini pasaytirishga qaratildi
Kecha, 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlarini hisoblash va depozitga o‘tkazish tartibi hamda me’yorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
 
Pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan choralar doirasida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan majburiy rezervlar tartibi va me’yorlariga, joriy yilning 1 oktyabridan amal qilinishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan:
  • majburiy rezervlarni tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qat’iy nazar faqat milliy valyutada shakllantirish bo‘yicha tartib o‘rnatilmoqda;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha me’yorlari bir xillashtirilmoqda;
  • yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar me’yorlari pasaytirilmoqda;
  • chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori me’yorlar kiritilmoqda.
 
Ushbu o‘zgartirishlar:
  • milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirishga;
  • iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga;
  • bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, qarorga ko‘raa, iqtisodiyotdagi inflyasiyaning prognoz darajasi va foiz stavkalari dinamikasidan kelib chiqib, kelgusida pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirish maqsadida uning instrumentlariga Markaziy bank tomonidan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!