Marg‘ilonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlatga yarim milliarddan ko‘proq zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Marg‘ilonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlatga yarim milliarddan ko‘proq zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.i.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz sarfi 96,93 kub. metr bo‘lgan uskunalarni tarmoqqa hisoblagichdan tashqari ulab, 200,3 ming kub. metr tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 520,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tuman gaz ta’minoti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro K.A. noqonuniy sex tashkil etib, 1 dona isitish qozonini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 267,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!