"Manchester Yunayted"ning 12 nafar futbolchisi zaharlandi

"Manchester Yunayted"ning 12 nafar futbolchisi zaharlandi

"Manchester Yunayted"ning ba’zi futbolchilari "Sherif" bilan UYEFA Yevropa ligasi o‘yinidan (2:0) so‘ng zaharlandi, deb xabar bermoqda The Sun.

Qayd etilishicha, klubning 12 nafar futbolchisi o‘yinning ertasiga, juma kuni o‘zini yomon his qila boshlagan. Manchesterliklar bu futbolchilarning Kishinyovda yoki qaytishda samolyotda yegan taomlari bilan bog‘liqligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Shu sababli bir nechta futbolchilar juma kuni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishdi, ba’zilari esa klubning shanba kungi mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yuborishdi. Shu bilan birga, xalqaro tanaffus vaqtida barcha futbolchilar o‘z terma jamoalariga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng “qizil iblislar” “Manchester Siti” bilan Manchester derbisini o‘tkazadi (2 oktyabr, Toshkent vaqti bilan 18:00).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!