Manba: Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi

Manba: Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi

Moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov  lavozimini tark etdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hukumat tarkibida kadrlar rokirovkasi amalga oshirilgan.

Bir necha manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, Jamshid Qo‘chqorov Moliya vazirligi lavozimidan olingan hamda Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangan.

U yangi lavozimda Botir Xo‘jayev o‘rnida ish boshlaydi. Shu bilan birga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoladi.

Jamshid Qo‘chqorov 2019 yil fevralidan beri bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!