Malida yuzdan ortiq odam o‘ldirildi

Malida yuzdan ortiq odam o‘ldirildi

Malida noma’lum shaxslar fulani millatiga mansub 134 nafar odamni o‘ldirishdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Xabar berilishicha, donzo millatiga mansub libosda bo‘lgan jinoyatchilar shanba kuni kechqurun Ogassagu va Velingara qishloqlarida yashovchi fulani millatiga mansub aholini o‘ldirishgan. Halok bo‘lgan orasida qariyalar, bolalar, homilador ayollar ham bor. Qishloqlar batamom yo‘q qilingan.

Hozirda mazkur voqeaga oydinlik kiritilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!