Malida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi
Payshanba kuni ertalab Malining markazida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi va 29 kishi jarohat oldi, ulardan to‘qqiz nafari og‘ir. Bu haqda mamlakat Transport va infratuzilma vazirligi bayonotida aytiladi.
Hodisa ertalab soat 6 lar atrofida Fugani qishlog‘i yaqinidagi 6-milliy yo‘lda sodir bo‘lgan. Poytaxt Bamakoga ketayotgan avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hodisaning aniq holatlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)