Makron: "Yana ikki qadam qoldi"

Makron: "Yana ikki qadam qoldi"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron milliy terma jamoani Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) va Qatardagi jahon chempionatida yarim finalga chiqqani bilan tabrikladi.

“Yana ikki qadam qoldi”, — deb yozdi Makron Twitter'da.

Fransiya 24 yil ichida jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan birinchi amaldagi jahon chempioni bo‘ldi. 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yarim finalda fransuzlar Marokash terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!