Makron NATO mamlakatlarining umumiy dushmanini aytdi

Makron NATO mamlakatlarining umumiy dushmanini aytdi

14 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda NATO mamlakatlari terrorizm ularning umumiy dushmani ekanligini tasdiqladilar, dedi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron.

"Sammitda bo‘lib o‘tgan munozaralar bir qator masalalar bo‘yicha pozisiyalarni qisman aniqlashtirishga imkon berdi. Avvalo kim bizning dushmanimiz ekanligi aniqlandi", dedi u uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. "Ittifoq mamlakatlaridan birining suvereniteti va xavfsizligiga tahdid soluvchilar tashkilotning dushmanidir", dedi Makron.

NATO rahbarlari umumiy dushmanni - terrorizmni belgilab oldilar. Makronning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu yovuzlik Yevropa demokratiyalari va ular himoya qiladigan qadriyatlarga tahdid solmoqda, deb yozadi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!