Makron Fransiyada umummilliy karantin joriy etdi

Makron Fransiyada umummilliy karantin joriy etdi

Fransiya rasmiylari koronavirus pandemiyasi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab karantin joriy etishdi. Ushbu chora-tadbirlar to‘g‘risida mamlakat rahbari Emmanuel Makron xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

Karantin 30 oktyabrdan 1 dekabrgacha joriy etiladi. Mamlakatda davlat muassasalari va universitetlari yopiladi, shaxsiy uchrashuvlar va mitinglar cheklanadi. Bolalar bog‘chalari, maktablar, kollejlar va liseylar ochiq qoladi, ammo ulardagi sanitariya choralari kuchaytiriladi.

Makron, shuningdek, koronavirusning "ikkinchi to‘lqini" Fransiyaga birinchisiga qaraganda qiyinroq va fojialiroq bo‘lishini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada 1,1 milliondan ziyod koronavirus virusi yuqtirilgan, 35 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!