Makron: "Fransiyada musulmonlarga hech qanday to‘siq yo‘q"

Makron:  "Fransiyada musulmonlarga hech qanday to‘siq yo‘q"

“Mamlakatimizda din bilan bog‘liq hech qanday muammolar yo‘q, Fransiyadagi musulmonlarga nisbatan munosabat, boshqa din vakillariga bo‘lgani kabi butunlay bir xildir. Musulmonlar o‘z e’tiqodlarini amalda qo‘llashda erkinliklarga ega», degan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Al-Jazira» telekanaliga bergan intervyusida.

Prezident fikrlariga ko‘ra, Fransiyada qonunchilik darajasida har qanday irqchilik, millatchilik yoki shovinizm turlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan birga, Makron Fransiya hukumati nomidan mamlakat qonunlarini, xususan, erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglikni ta’minlaydigan gender tengligi to‘g‘risidagi qonunni buzishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlab o‘tgan.

"Men musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunaman, lekin mening vazifam fuqarolar huquqini, shu jumladan, fransuz xalqining so‘z erkinligiga bo‘lgan huquqini himoya qilishdir. Karikaturalarni rasmiy ommaviy axborot vositalari emas, aslida mustaqil matbuot nashr qilmoqda, ya’ni men haqimdagi chizilgan va yozilgan har qanday tahqirlarni shaxsan qo‘llab-quvvatlab turibdi, degan taxminlar mutlaqo asossizdir", degan Fransiya prezidenti o‘z so‘zi yakunida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!