Makron Eronni «qasos mantig‘idan» voz kechishga chaqirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron chorshanba kuni Yelisey saroyi nomidan Eron prezidenti Masud Pezeshkianga qo‘ng‘iroq qildi.
Fransiya rahbari eronlik hamkasbini Yaqin Sharqdagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelmaslik uchun Tehrondagi Xamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun «qasos olish mantig‘ini» rad etishga chaqirdi.
«Yangi harbiy kuchayish hech kimga, jumladan Eronga ham foyda keltirmaydi», dedi Makron.
❕ Makron, shuningdek, Fransiya, agar Eron o‘z xalqaro majburiyatlarini hurmat qilsa, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yordam beradigan «siyosiy asos» variantlarini o‘rganishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)