Makron avval Putin, so‘ng Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Makron avval Putin, so‘ng Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 mart, payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir yarim soat telefon orqali suhbatlashdi, so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar berdi Yelisey saroyi.

Qayd etilishicha, Putin bilan suhbat 1 soat 30 daqiqa davom etgan. Bu Rossiya Federasiyasi va Fransiya prezidentlarining 24 fevralda Rossiya armiyasining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri uchinchi suhbati bo‘ldi.

Shundan so‘ng Makron Ukraina yetakchisi Zelenskiy bilan gaplashdi. Ikkala suhbatning mazmuni haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Makron bilan avvalgi suhbati chog‘ida Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini, biroq Qrim ustidan Rossiya suvereniteti tan olinishi, Ukraina davlatini demilitarizasiyasi va «denazifikasiyasi» hamda neytral maqom ta’minlanishi sharti bilan kelishini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!