Majburiy ijro byurosi xodimining yuziga tupurgan shaxs qamoqqa olindi(mi)? (Video)

Majburiy ijro byurosi xodimining yuziga tupurgan shaxs qamoqqa olindi(mi)? (Video)

OAV orqali Yangiyo‘l tumanida MIB xodimining yuziga tuflagan shaxs qamoqqa olingani haqida xabar va video tarqaldi. Bu haqda 7news.uz yozmoqda.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 6 oylik bolasini tortib olish uchun kelgan Majburiy ijro byurosi xodimi yuziga tupurgan 30 yoshli Jasur G‘ulomnazirov qamoqqa olingani aytilmoqda.

G‘ulomnazirovning farzandini sud qarori bo‘yicha onasiga olib berish uchun kelgan MIB xodimlarini haqoratlanayotgani la’natlayotgani va ularga qarshilik qilayotgani aks etgan. Video so‘nggida G‘ulomnazirov MIB xodimlarini uyidan quvib soladi, dahanaki janjal ortidan ulardan birining yuziga tupuradi, MIB xodimi ham uning yuziga tupurish bilan javob qaytaradi.

Videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz va ko‘chirib olishingiz mumkin.

 

Bir kun o‘tib G‘ulomnazirov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 219-moddasi hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha ayblanib, qamoqqa olingani aytildi.

Lekin aslida bu fuqaro kiyimida bo‘lgan shaxs MIB xodimi bo‘lmasligi ham mumkin. Aslida G‘ulomnazarovning qamoqqa olingani yoki yo‘qligi haqida ham rasmiy xabar yo‘q.

Bunga rasmiy izoh kutamiz, albatta!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!