MAGATE Eronda uranni 60 foizgacha boyitadigan ikkita IR-6 sentrifuga kaskadini aniqladi

MAGATE Eronda uranni 60 foizgacha boyitadigan ikkita IR-6 sentrifuga kaskadini aniqladi

Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlikning (MAGATE) ma’lum qilishicha, Eronning Fordo yadro ob’ekti faoliyati Tehron o‘z zimmasiga olgan majburiyatiga zid. Bu haqda tashkilot ma’ruzasiga tayanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.

"MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Eronning tashkilotni xabardor qilmasdan Fordodagi uranni boyitish zavodi konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritganidan xavotir bildirdi", – deyiladi Reutersning tashkilot bayonotiga tayanib bergan xabarida.

Xususan, xabarda ta’kidlanishicha, MAGATEning Fordo yadro ob’ektida kutilmaganda amalga oshirgan inspeksiyasidan keyin IR-6 sentrifugasida ikkita kaskad o‘rtasida birlashtirish bo‘yicha tashkilotga ma’lum qilinmagan o‘zgartirish amalga oshirilgan.

Ob’ektda uran 60 foizgacha boyitilishi mumkin. MAGATE Fordo yadro ob’ektini muntazam ravishda tekshirib kelmoqda va Tehron bilan ushbu faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazib keladi, deyiladi Reuters xabarida.

22 noyabrda ISNA agentligi Eron Fordo yadro ob’ektida IR-6 sentrifugasidan foydalanib uranni 60 foizgacha boyitishga kirishdi, deb xabar tarqatgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!