Lukashenkoning so‘zlari Ukrainani g‘azablantirmoqda

Lukashenkoning so‘zlari Ukrainani g‘azablantirmoqda

Ukraina TIVning ma’lum qilishicha, ukrainaliklarning Belorusdagi namoyishlarda ishtirok etganiga oid dalillar yo‘q.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev "do‘st davlatning prezidenti ukrainaliklarni namoyishda qatnashganlikda ayblaganidan g‘azabda".

Vazirlik buning isboti yo‘qligini ta’kidladi, deb xabar beradi "TASS".

Eslatib o‘tamiz, Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi norozilik namoyishlariga izoh berib, ularda Rossiya, Ukraina, Polsha va Chexiya aholisi ishtirok etgani haqida fikr bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!