Lukashenko: "Makronga musulmonlar bilan gaplashishni o‘rgatmoqchiman"

Lukashenko: "Makronga musulmonlar bilan gaplashishni o‘rgatmoqchiman"

Belarus Prezidenti Fransiya rahbari Emmanuel Makronga musulmonlar bilan muloqotda yordam berishni taklif qildi.

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Makron ta’kidlagan "so‘z erkinligi va diniy erkinliklarga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi". U hamkasbini musulmonlarni tanqid qilmaslikka, balki vositachilik qilishga, masalan, Lukashenkoga murojaat qilishga chaqirdi.

"Men unga bu yerda yordam bera olaman, chunki musulmonlar bilan aloqalarim juda yaxshi", deb tushuntirdi Belarus rahbari, deya xabar beradi BelTA.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, musulmonlar Belarusda "hech qachon muammo tug‘dirmagan" va saylovlarda doimo uni qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!