Liz Trass: "Men Isroil tarafdoriman"

Liz Trass: "Men Isroil tarafdoriman"

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass "ashaddiy sionist" va Isroilni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Bu haqda Trass Birmingemda “Isroilning konservativ do‘stlari” parlament guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning ijrosi aks etgan kadrlar joylashtirildi.

Trass Buyuk Britaniya Bosh vaziri sifatida birinchi marta Isroilning konservativ do‘stlari tadbirida ishtirok etishdan mamnunligini bildirdi.

“Men ashaddiy sionistman, Isroilning katta tarafdoriman. Ishonchim komilki, biz Isroil va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlay olamiz”, — dedi u.

22 sentyabr kuni ertalab Isroil bosh vaziri Yair Lapid Britaniya hukumati rahbari Isroildagi elchixonani Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!