Liviyada 150 bola suv toshqinidan keyin ifloslanganligi sababli zaharlandi

Liviyada 150 bola suv toshqinidan keyin ifloslanganligi sababli zaharlandi

Liviyada suv toshqinlari oqibatida suvning ifloslanishi natijasida kamida 150 nafar bola zaharlangan.

Bu haqda Liviya Milliy birlik hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ibrohim Munir ma’lum qildi.

“Dernadagi quduqlarga suv sathi ko‘tarilganidan keyin loy tushdi”, dedi u telekanalga.

“Bolalarning ifloslangan suvdan zaharlanishi holatlari soni 150 taga yetdi”, dedi vazir. Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar jabrlangan hududlar aholisini quduqlardan suv ichmaslikka chaqirgan.

"Dernadagi falokat misli ko‘rilmagan va vaziyat bizning imkoniyatlarimizdan tashqarida", deb ta’kidladi Munir. “Biz dunyo davlatlarini zudlik bilan yordam berishga chaqiramiz”, — dedi vazir sa’y-harakatlarni ichimlik suvi va transport bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratish zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!