Liviya Ichki ishlar vaziri suiqasdga uchradi

Liviya Ichki ishlar vaziri suiqasdga uchradi

Liviya Milliy totuvlik hukumatining Ichki ishlar vaziri Fathi Bashag‘aga suiqasd uyushtirildi. “Evronyus” ning xabar berishicha, vazirning korteji poytaxt Tripolida o‘qqa tutilgan.  

Hodisada hujumchilardan biri o‘ldirilgan, vazirga esa hech qanday talafot yetmagan. Hujumchilar uch kishi bo‘lgani aytilmoqda.  

Kelib chiqishi turk bo‘lgan 58 yoshli Fathi Bashag‘a 2018 yilning oktyabrida Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. U yangi hukumatda bosh vazirlikka nomzod edi, biroq bu lavozim uchun Abdulhamid Dibaybani qo‘llab-quvvatladi. 

Liviyada hamon siyosiy inqiroz davom etmoqda. Joriy yilning 5 fevralida Jenevada BMT shafeligida o‘tkazilgan Liviya siyosiy muloqot forumida Muhammad Manfi Prezident kengashi raisi, Abdulhamid Dibayba esa bosh vazir etib saylandi. Dibayba 26 fevralgacha yangi hukumatni shakllantirishi zarur.  

Shu yilning 24 dekabrida Liviyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!